O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Audit dasturini tayyorlash va tuzish


Download 96.18 Kb.
bet32/32
Sana24.12.2022
Hajmi96.18 Kb.
#1061826
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Hayitboyev Farrux Audit fanidan kurs ishi

Audit dasturini tayyorlash va tuzish
21. Audit dasturi auditning umumiy rejasini takomillashtirish hisoblanadi va audit rejasini amaliyotda bajarish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillar mazmunining batafsil ro‘yxatini aks ettiradi. Dastur auditor yordamchilari uchun batafsil yo‘riqnoma bo‘lib xizmat qiladi va bir vaqtning o‘zida auditorlik tashkiloti va auditorlik guruhining rahbarlari uchun ish sifatini nazorat qilish vositasi hisoblanadi.
22. Auditor audit dasturini hujjat bilan rasmiylashtirishi, auditor ish jarayonida o‘zining ish hujjatlarida ularga havola qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun har bir bajariladigan auditorlik tartib-taomilini raqam yoki kod bilan belgilashi kerak.
23. Auditorlik dasturini nazorat vositalari testlari dasturi ko‘rinishida va mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-qoidalari dasturi ko‘rinishida tuzish kerak.
24. Nazorat vositalari testlari dasturi ichki nazorat va hisob tizimining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni yig‘ish uchun mo‘ljallangan harakatlar majmuining ro‘yxatidan iborat. Nazorat vositalari testlarining maqsadi shundan iboratki, ular xo‘jalik yurituvchi subyekt nazorat vositalarining jiddiy kamchiliklarini aniqlashda yordam beradi.
25. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-taomillari buxgalteriya hisobida schyotlar bo‘yicha aylanmalar va saldoni to‘g‘ri aks ettirilganligini batafsil tekshirishni o‘z ichiga oladi. Mohiyatiga ko‘ra auditorlik tartib-taomillari dasturi ana shunday aniq batafsil tekshirishlar uchun auditor harakatlari ro‘yxatidan iborat bo‘ladi. Mohiyatiga ko‘ra tartib-taomillar uchun auditor buxgalteriya hisobining ayni qanday bo‘limlarini tekshirishini belgilashi va buxgalteriya hisobining har bir bo‘limi bo‘yicha audit dasturini tuzishi kerak bo‘ladi.
26. Auditni o‘tkazish shartlari va auditorlik tartib-taomillari natijalarining o‘zgarishiga bog‘liq holda audit dasturi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. O‘zgarishlarning sabablari va natijalari hujjatlashtirilishi kerak.
27. Auditorlik dasturining har bir bo‘limi bo‘yicha auditorning ish hujjatlarida rasman aks ettirilgan xulosalari auditorlik hisoboti (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tuzish uchun haqiqiy material, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida auditorning xolisona fikrini shakllantirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
28. Audit dasturining namunaviy tarkibi mazkur standartga 2-ilovada keltirilgan.
29. Auditni rejalashtirish jarayoni tugaganidan so‘ng, auditning umumiy rejasi va dasturi hujjat bilan rasmiylashtirilishi va belgilangan tartibda imzolanishi kerak.


1


Download 96.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling