O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra: texnosfera xavfsizligi fan: hayot faoliyati xavfsizligi 2-amaliy mashg‘ulot


Sex boshliqlari va ustalarning vazifalari


Download 344 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi344 Kb.
#1016001
1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy HFX(1)

Sex boshliqlari va ustalarning vazifalari
  • Mehnat muhofazasi muhandisi vazifalari
  • kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish;
  • barcha sex, bo‘limlar boshliqlari tomonidan mehnat muhofzasi bo‘yicha amaldagi qonun va qoidalarni hukumat va vazirliklarning qaror va nizomlarning hamda yo‘riqnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
  • xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni to‘g‘ri ishlatilayotganligini nazorat qilish va ularni ishlab chiqishda qatnashish;
  • mehnat muhofazasi bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni tayyorlash va hisobot xujjatlarini olib borish;
  • mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tashkiliy-texnik rejalar loyihasini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
  • xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yangi zamonaviy konstruksiyalarni ishlab chiqishda va tadbiq qilishda qatnashish hamda ilg‘or korxonalarning va ilmiy tadqiqot institutlarining takliflarini ishlab chiqarishga tadbiq etishda jonbozlik ko‘rsatish;
  • jamoa shartnomasida belgilangan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni bajarilishini tekshirish;
  • bino va inshootlarni, uskuna va apparatlarni qurish, ta’mirlash loyihalarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish komissiyalarida qatnashish;
  • ishchilar bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazish, muxandis-texnik xodimlar va xavfli mehnat sharoitlarida ishlovchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish;
  • tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilib turilishini nazorat qilish;
  • sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
  • sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylariga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi barcha qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
  • xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xonalarni jihozlash, plakat va ogohlanirtuvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda, taftish qilishda va ularni ogohlantirish va bartaraf qilish tadbirlarida qatnashish;
  • baxtsiz hodisalarni hisobga olish, rasmiylashtirish va tahlil qilish;
  • korxona rahbariga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan hodimlarni taqdirlash, talab va qoidalarni buzgan xodimlarni javobgarlikka tortish haqida ma’lumotnoma berish.
  • Mehnat muhofazasi muxandisi bevosita korxona direktoriga va bosh muhandisga bo‘ysunadi. U o‘z ishini korxona kasaba uyushmasi, mehnat muhofazasi komissiyasi, tarmoq kasaba uyushmasining texnik noziri, Davtexkonnazorat, Davenergonazorat, Davsannazorat va Davlat yong‘in nazorati inspeksiyalari bilan birgalikda olib boriladi.
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling