O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra: texnosfera xavfsizligi fan: hayot faoliyati xavfsizligi 2-amaliy mashg‘ulot


Korxona bosh muhandisining vazifalari


Download 344 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi344 Kb.
#1016001
1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy HFX(1)

Korxona bosh muhandisining vazifalari
  • kasaba uyushmalari bilan birgaliqda mehnat muhofazasi holati bo‘yicha ko‘riklar o‘tkazish, ishchilar tomonidan keltirilgan takliflarning ijrosini nazorat qilish;
  • murakkab texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashda zamonaviy xavfsiz konstruksiyalarni,shamollatish va sanitariya-maishiy moslamalarni joriy qilish;
  • ishchilarga o‘z vaqtida sifatli korjoma, maxsus poyafzal va shaxsiy himoya vositalari berilishini nazorat qilish;
  • kasaba uyushmalari nozirlarining va mehnat muhofazasining jamoatchi nozirlarining taklif va mulohazalarining mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi meyor va qoidalarining bajarilishini tekshirish;
  • ishlab chiqarish jarohatlari va mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ajratilgan mablag‘larning sarflanishi bo‘yicha hisobotlarni belgilangan muddatlarda tuzishni nazorat qilish.
  • Korxona bosh mexanigi (energetigi) vazifalari
  •  
  • bino, inshoot, turli uskunalar, energetik sistemalarni o‘z vaqtida profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va to‘g‘ri ishlatish ishlari hamda sozlash ishlarini xavfsiz olib borish uchun javobgarlik;
  • yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlarini, uskunalarni, bug‘ va suv isitish qozonlarini va boshqa bosim ostida ishlaydigan apparat va idishlarni vaqtida ko‘riklardan o‘tkazish, xavfsizlik texnikasi qoida va me’yorlari talablariga rioya qilgan holda to‘g‘ri ishlatish uchun javobgarlik;
  • elektr uskunalarining, elektr zanjirlarining elektr taqsimlovchi, yashindan himoyalash, erga ulash moslamalarining nuqsonsiz ishlashini va sozligini uzluksiz nazorat qilish;
  • nazorat o‘lchov asboblari va shaxsiy himoya vositalarini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazib turilishi va sozligini nazorat qilish;
  • isitish va shamollatish sistemalarining holatini nazorat qilish;
  • mehnat muhofazasi bo‘yicha bitimda ko‘rsatilgan tashkiliy-texnik tadbirlarning vaqtida bajarilishi uchun javobgarlik;
  • xavfli ishlarda ishlaydigan (bug‘ va suv isitish qozonlari, bosim ostida ishlayotgan apparat va idishlar, yuk ko‘tarish kranlari va mexanizmlari) kasblar uchun xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnomalar tuzish, xavfsiz ish usullariga o‘qitish uchun javobgarlik
  • barcha ishchilarning mehnat muhofazasi bo‘yicha amaldagi me’yor va qoidalarga rioya qilishlarini ta’minlash, ish vaqtida xavfli va zararli mehnat sharoitlari bilan bog‘liq barcha ehtiyot choralarini nazorat qilish;
  • ishlab chiqarish sharoiti bilan mos holda amaldagi mehnat muhofazasi me’yor va qoidalari asosida xavfsiz ish usullari bo‘yicha yo‘riqnomalar tuzishda qatnashish;
  • barcha ishchilarni xavfsiz ish usullariga o‘qitish qo‘l ostidagi bo‘lim xodimlari bilan xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnoma o‘tkazish;
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling