O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra: texnosfera xavfsizligi fan: hayot faoliyati xavfsizligi 2-amaliy mashg‘ulot


Download 344 Kb.
bet1/4
Sana28.12.2022
Hajmi344 Kb.
#1016001
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Amaliy HFX(1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI KAFEDRA: TEXNOSFERA XAVFSIZLIGI FAN: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 2-amaliy mashg‘ulot

  • Ishdan maqsad — mehnat muhofazasi bo‘yicha hisobot hujjatlari bilan tanishish, ularning vazifasi va mazmuni hamda jarohatlarning statistik ko‘rsatkichlarini hisoblashni o‘rganish.
  • Korxonada mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish.
  •  
  • Korxonada ma’muriyatning va muhandis-texnik rahbar xodimlarning vazifalari O‘zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida tashkil qilinadi. Uning asosida ularning lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
  • Korxonada mehnat muhofazasining umumiy holatiga, jarohatlarni va kasbiy kasalliklarning oldini olish va kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish uchun javobgarlik korxona rahbari va bosh muhandisga yuklatiladi.
  • Kasbiy kasalliklar va ishlab chiqarish jarohatlarining oldini olish bo‘yicha tashkiliy texnik tadbirlarni rejalashtirish;
  • Ushbu tadbirlar ro‘yxatini o‘z vaqtida tasdiqlash va mablag‘ bilan ta’minlash hamda ularning to‘g‘ri ishlayotganligini nazorat qilib turish;
  • Mehnat muhofazasi bo‘yicha jamoa shartnomalarining va bitimlarining bajarilishini ta’minlash;
  • Mehnat kodeksining ish rejimi, dam olish, ayollar va yoshlar mehnatini muhofaza qilish bo‘yicha bandlarini bajarish;
  • Kasaba uyushmalarining, jamoatchi nizomlar va mehnat muhofazasi bo‘yicha tuzilgan komissiyalarning taklif va mulohazalarini bajarish;
  • Alohida ishlar va kasblar uchun xavfsizlik texnikasidan yo‘riqnomalarni tasdiqlash;
  • Amaldagi me’yorlarga muvofiq ishchilarni korjomalar, maxsus poyafzallar, shaxsiy himoya vositalari va maxsus ovqatlar bilan ta’minlash.
  • Korxona rahbarining vazifalari
  • barcha sex va bo‘lim boshliqlari tomonidan, mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunda belgilangan me’yor va qoidalarning bajarilishini uzluksiz ravishda tekshirib turish;
  • barcha kasblar va ish turlari bo‘yicha, mehnat muhofazasining amaldagi me’yor va qoidalariga va korxona sharoitiga moslashtirilgan yo‘riqnomalarini ishlab chiqilishini nazorat qilish;
  • yo‘riqnomalarning va xavfsiz ish usullariga o‘qitishning borishini nazorat qilish;
  • ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida taftish qilinishini va rasmiylashtirilishini nazorat qilish;
  • ishchilarni o‘z vaqtida davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • xavfsiz ish usullarini targ‘ibot qilish, xavfsizlik texnikasi xonalarida ma’ruzalar va suhbatlar uyushtirish, plakatlar va ogohlantiruvchi yozuvlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish;
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling