Sex boshliqlari va ustalarning vazifalari - Mehnat muhofazasi muhandisi vazifalari
- kirish yo‘riqnomasi o‘tkazish;
- barcha sex, bo‘limlar boshliqlari tomonidan mehnat muhofzasi bo‘yicha amaldagi qonun va qoidalarni hukumat va vazirliklarning qaror va nizomlarning hamda yo‘riqnomalarning bajarilishini nazorat qilish;
- xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarni to‘g‘ri ishlatilayotganligini nazorat qilish va ularni ishlab chiqishda qatnashish;
- mehnat muhofazasi bo‘yicha buyruq va farmoyishlarni tayyorlash va hisobot xujjatlarini olib borish;
- mehnat sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish, xavfsizlik texnikasi bo‘yicha tashkiliy-texnik rejalar loyihasini tuzish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
- xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yangi zamonaviy konstruksiyalarni ishlab chiqishda va tadbiq qilishda qatnashish hamda ilg‘or korxonalarning va ilmiy tadqiqot institutlarining takliflarini ishlab chiqarishga tadbiq etishda jonbozlik ko‘rsatish;
- jamoa shartnomasida belgilangan mehnat sharoitlarini sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarni bajarilishini tekshirish;
- bino va inshootlarni, uskuna va apparatlarni qurish, ta’mirlash loyihalarini ko‘rib chiqish va ularni qabul qilish komissiyalarida qatnashish;
- ishchilar bilan xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazish, muxandis-texnik xodimlar va xavfli mehnat sharoitlarida ishlovchilar bilan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qilish;
- tibbiy ko‘riklarning o‘z vaqtida o‘tkazilib turilishini nazorat qilish;
- sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylarga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
- sexlarda va ish xonalarining ko‘rinib turuvchi joylariga mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi bo‘yicha amaldagi barcha qaror, qoida va yo‘riqnomalar osib qo‘yilishini nazorat qilish;
- xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xonalarni jihozlash, plakat va ogohlanirtuvchi yozuvlarni osib qo‘yish;
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalarning sabablarini aniqlashda, taftish qilishda va ularni ogohlantirish va bartaraf qilish tadbirlarida qatnashish;
- baxtsiz hodisalarni hisobga olish, rasmiylashtirish va tahlil qilish;
- korxona rahbariga xavfsizlik texnikasi bo‘yicha ishlarni yaxshi yo‘lga qo‘ygan hodimlarni taqdirlash, talab va qoidalarni buzgan xodimlarni javobgarlikka tortish haqida ma’lumotnoma berish.
- Mehnat muhofazasi muxandisi bevosita korxona direktoriga va bosh muhandisga bo‘ysunadi. U o‘z ishini korxona kasaba uyushmasi, mehnat muhofazasi komissiyasi, tarmoq kasaba uyushmasining texnik noziri, Davtexkonnazorat, Davenergonazorat, Davsannazorat va Davlat yong‘in nazorati inspeksiyalari bilan birgalikda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |