Mehnat muhofazasi muhandisi quyidagi huquqlarga ega - sex, uchastka, bo‘lim boshliqlariga xavfsizlik texnikasi talab va qoidalarining buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida ko‘rsatma berish. Bu ko‘rsatmalar faqat korxona rahbari va bosh muhandis tomonidan bekor qilinishi mumkin;
- ishlovchilarning hayotiga va sog‘lig‘iga yaqqol xavf mavjud bo‘lgan uskuna, dastgoh, mexanizm va sexlarda ishlashni ta’qiqlashi yoki vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishi mumkin va bu haqida korxona rahbariga darhol xabar berishi kerak;
- xavfsizlik texnikasi talablariga mos kelmaydigan uskuna, asbob va qurilmalarni ishlatishdan olib qo‘yilishi choralarini ko‘rish;
- sex, uchastka va bo‘lim boshliqlaridan ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida taftish qilish va muntazam ravishda hisobotini olib borishni talab qilish
- sex boshlig‘i bilan birgalikda xavfsizlik texnikasi qoida va talablarini buzuvchilarni vaqtinchalik ishdan chetlashtirish.
-
- Umumiy ma’lumotlar
-
- Korxonalarda mehnat muhofazasidan ishlatiladigan hujjatlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo‘linadi:
- me’yoriy (mehnat xavfsizligi bo‘yicha standartlar, qurilish me’yor va qoidalari, sanitariya me’yorlari, mehnat muhofazasidan yo‘riqnomalar va sh.o‘.);
- texnik (uskuna va dastgohlarni ishlatish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik pasport va boshqalar);
- rejalar (mehnat sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasi va sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari kompleksi rejasi, jamoa shartnomalari, mehnat muhofazasi va ijtimoiy masalalar bo‘yicha bitimlar, baxtsiz hodisalarning sabablarini bartaraf qilish bo‘yicha tadbirlar. Davlat nazorati va mehnat texnik nozirlarining ko‘rsatmalari, mehnat muhofazasi kunlari va uch pog‘onali nazorat vaqtida tuzilgan tadbirlar va b.);
- buyuruvchi (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, yo‘riqnoma xatlar va yuqori tashkilotlarning hujjatlari);
- rasmiylashtiriluvchi (yo‘riqnoma va kurs o‘quvlarini jurnallarga yozib qo‘yish, taftish dalolatnomalari va baxtsiz hodisalarni rasmiylashtirish jurnallari, mehnat muhofazasining uch pog‘onali nazoratini aks ettiruvchi jurnal, korxonalarni maxsus poyafzal, himoya vositalari va boshqalarni hisobga olish shaxsiy kartochkalari;
- hisobot (jarohatlar haqida hisobotlar).
-
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMATǃ
Do'stlaringiz bilan baham: |