Bozor - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida vujudga keladigan munosabatlar majmuasi.
Bozoming asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
- sotuvchi va xaridorlarning o‘zaro kelishuvi, ekvivalentlilik prinsipi asosida ayirboshlash;
- sotuvchilaming xarajatlari qoplanib, foyda olishi;
- toiovga layoqatli boigan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilik.
Bozor tovarlami ishlab chiqarish va ayirboshlash, pulning vujudga kelishi, ulaming rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bolib, hozirgi davrda keng tarqalgan obyektiv iqtisodiy jarayondir.
Bozordagi tovar va xizmatlar miqdori talabga nisbatan kam bolsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovalarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromadolish imkoniga ega boiadi. Aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar pasayib ketib, sotuvchilar zarar koradilar. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no‘noqlik va xo‘jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga y o i qo‘yilsa ham zarar oshib ketadi, chunki bozor bunday behuda sarflami hisobga olmaydi. Bularning barchasini bozor o‘z mexanizmi orqali amalga oshiradi.
Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uvg‘unlashtirishni ta’minlaydigan dastak va vositalar.
Bozoming iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning obyekti va subyektini ajratib koisatish lozim boiadi. Bozor obyekti – ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyat natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlar.
Hozirgi sharoitda oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari do'konlari, avtomobilga xizmat koisatish stansiyasi, benzin quyish shaxobchalari, sanoat tovarlari do‘koni, tijoratchilaming savdo shaxobchalari, turli xil supermarketlar, yirik savdo markazlari va savdo yarmarkalari, umumiy ovqatlanish shaxobchalari bozoming odatdagi korinishlari hisoblanadi. Fond birjalari, valyuta bozori, don birjalari va auksion kabilar bozoming yuqori darajada rivojlangan koiinishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |