O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan


Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi


Download 294.5 Kb.
bet13/16
Sana09.03.2023
Hajmi294.5 Kb.
#1254992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o‘zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslami tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi. Shuningdek, adabiyotlarda
bozorning boshqa ko‘plab qo‘shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalami yaqqolroq tasawur etish uchun ulami maxsus rasm koiinishida ifodalash mumkin



Bozor turli xil vazifalami bajarsa-da, ular o‘zaro bogiiq va bir-birini taqozo qiladi. Bozoming iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


Bozoming samarali amal qilishi ko‘p jihatdan uning infratuzilmasining


rivojlanganlik darajasiga bog'liqdir.


Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning
bir maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Bozor infratuzilmasi tarkibiga kimvchi muassasalami quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo'yicha gumhlash mumkin:
1) tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (ombor xo'jaligi, transport va aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari va h.k.);
2) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank, kredit muassasalari, sug'urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari va h.k.);
3) ijtimoiy sohaga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari va h.k.);
4) axborot xizmati idoralari (ma’lumotlami to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi muassasalar).

Bozor infratuzilmasi muassasalari tovar ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit faoliyatiga, asosiy hamkorlami topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko‘maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga solish bo‘yicha tadbirlarini amalga oshiradi, tijorat aloqalarini o‘rnatishga yordam beradi. Ulaming bir qismi davlat mulki doirasida faoliyat yuritib, bepul xizmat ko‘rsatsa, boshqalari mustaqil tijorat muassasasi va uyushmalaridan iborat bo‘lib, ko‘rsatgan xizmatlari


uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasi tarkibida tovar va xizmatlar muomalasiga
xizmat qiluvchi muassasalar muhim o‘rin tutishi sababli ulardan asosiylarining qisqacha tavsifiga to‘xtalib o‘tamiz.


Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi. Uning tovar birjasi, fond birjasi, valyuta biijasi, mehnat biijasi singari turlari keng tarqalgan.

Download 294.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling