O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
Download 294.5 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi: Rahmatov D.N. Toshkent 2021 Mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi Reja
- Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari.
O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti “IQTISODIYOT NAZARIYASI” fanidan KURS ISHI Mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi. Bajardi: “MNS-1” guruhi talabasi Ergashov Soxib Qabul qildi: Rahmatov D.N. Toshkent 2021 Mavzu: Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi Reja: 1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilari 2. Bozor iqtisodiyotining doimiy muammolari va ularning hal qilinish yo’llari. 3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida resurslar iste’moli va ularning aylanishi. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlarining rivojlanishi natijasida pul vujudga kelgan, tovar-pul munosabatlarining rivojlanib, iqtisodiyotning barcha jabhalarini qamrab olgan va asta-sekin bozor iqtisodiyotining shakllanib kelgan. Bozor iqtisodiyotining mazmuni, uning asosiy belgilari, subyektlari va rivojlanish bosqichlari talqiniga alohida o‘rin tutadi. Bozor iqtisodiyotining doimiy va asosiy muammolari, uning afzalliklari va ziddiyatlari tahliliga ham o‘rin berilgan. Shuningdek, bozor va uning turlari, bozor infratuzilmasi, uning tarkibiy qismlari hamda unsurlarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratilgan. Bozor iqtisodiyotining mazmuni va asosiy belgilari. Bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmi ko'plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Bozor iqtisodiyoti - bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Oldingi mavzuda aytganimizdek, xususiy mulkchilikning paydo bo'lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro'y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud bo'lishing umumiy sharoiti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo'jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, Tovar ishlab chiqarishning mavjud bo'lishi o'z-o'zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste'molning bozorga oid xususiyatini ko'zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyo’ti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyo’tining samarali amal qilishi uchun muhim shartlardan biri, ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbir korlikning erkinligi, resurslaming erkin almashinuvidan iborat. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanadi, uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati qo’llaniladi, iqtisodiy monopolizmni inkor etadi. Hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalarida bozor iqtisodiyoti deganda bozor xo'jaligi sub'ektlari iqtisodiy hatti- harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va ulaming tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog'lanib muvofiqlashuvi deb baho beradi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning hamma bosqichlarini ishlab chiqadi. Bozor iqtisodiyoti va uning amal qilishi chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol jarayonlarini hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha sub'ektlarini qamrab oladi. Bozor iqtisodiyo’ti sub'ektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, yollanma ishchilar ham, pirovard iste'molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli qog'ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo'jaligining barcha asosiy sub'ektlari uchta guruhga bo'linadi: uy xo'jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat. Uy xo'jaliklari - iqtisodiyotning iste'mol sohasida faoliyat qiluvchi asosiy tarkibiy birlik. Uy xo'jaliklari doirasida moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalarida yaratilgan tovar va xizmatlar iste'mol qilinadi. Bozor iqtisodiyo’tida uy xo'jaliklari mulk egasi hamda ishlab chiqarish omillarini etkazib beruvchilar hisoblanadi. Iqtisodiy resurslami sotishdan olingan pul daromadlari shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlik sektori - bu daromad (foyda) olish maqsadida amal qiluvchi iqtisodiyo’tning birlamchi bo'g'inlaridir. U ish yuritish uchun o'z kapitalini yoki qarz olingan kapitalni ishga solishni taqozo etadi, bu kapitaldan olingan daromad ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun sarflanadi. Tadbirkorlar tovar xo'jaligida Tovar va xizmatlami etkazib beradi. Davlat - foyda olishni maqsad qilib qo'ymagan, asosan iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan, har xil byudjet tashkil otlari va muassasalari sifatida namoyon bo'ladi. Shuningdek, ba'zi darslik va o'quv qo'Uanmalarda bozor iqtisodiyo’tining yana bir alohida, mustaqil sub'ekti sifatida banklar ajratib kо'rsatiladi. Bank - iqtisodiyotning me'yorda amal qilishi uchun zarur bo’lgan pul massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. Shunday qilib, yuqorida keltirib o'tilgan bozor iqtisodiyo’ti sub'ektlarining o'zaro ta'siri va aloqasini quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin. Har qanday bozor iqtisodiyo’tini tartibga solish mexanizmi asosan to'rtta tarkibiy qismdan iborat bo'ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat Hozirgi davrda bozor iqtisodiyoti dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari uchun xos bo’lib, u turli mamlakatlarda har xil darajada va o‘ziga xos xususiyatlar bilan amal qilmoqda va rivojlanmoqda. Bu iqtisodiyotning amal qilish mexanizmi ko‘plab asrlar davomida tarkib topib, shakllanib, hozirgi davrda madaniylashgan shaklni kasb etdi va ko'pgina mamlakatlarda hukmron iqtisodiy tizimga aylandi. Mazkur iqtisodiyotning barqarorligi shu bilan izohlanadiki, uzoq davrli iqtisodiy evolyusiya davomida uning amal qilishining asosiy klassik qoidalari saqlanib qoldi. Xususiy mulkchilikning paydo bo’lishi va ijtimoiy mehnat taqsimotining ro‘y berishi bozor iqtisodiyotining kelib chiqishi va mavjud boiishing umumiy sharti hisoblanadi. Xususiy mulkchilik va mehnat taqsimoti ijtimoiy xo‘jalikning tovar shaklini taqozo qiladi, tovar ishlab chiqarishning mavjud boiishi o‘z-o‘zidan pul muomalasi, ayirboshlash, taqsimlash va iste’molning bozorga oid xususiyatini ko‘zda tutadi. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishning mustaqilligi, tadbirkorlikning erkinligi, resurslar erkin almashinuvining ta’minlanishi bozor iqtisodiyotini samarali amal qilishining muhim shartlari boiib hisoblanadi. Tovar ishlab chiqaruvchi qanchalik mustaqil boisa, bozor ham shu darajada yaxshi rivojlanadi. Erkin ayirboshlash tovar ishlab chiqaruvchi faoliyatining nisbatan samarali yo‘nalishlarini koisatib beruvchi erkin narxlarning shakllanishiga imkon yaratadi. Download 294.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling