Samaradorlik. Jamiyat tomonidan ko'p ehtiyoj sezilgan tovar va xizmatlar ishlab chiqariiishda resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash kerak. Bunda o'z navbatida usullardan ham tartibli foydalanishni ko'zda tutadi va bu mahsulot ishlab chiqarishning yangi va mahsuldor yo'li hisoblanadi.
Rag'batlantirish. Bozor tizimi mahorat, qattiq mehnat va tashabbuskorlikni rag'batlantiradi. Ishdagi katta tajriba va say-harakat ko'proq tovar ishlab chiqarishga va ko'proq daromad olishga yordam beradi. Pirovard natijada, bu insonlarni turmush darajasini tubdan yaxshilashga yordam beradi. Shunga o'xshash tarzda tadbirkorlarni tavakkallardan qo'rqmasligi yuqori darajadagi foydali daromadni qo'lga kiritishga yordam beradi. Muvoffaqiyatli innovatsiyalar iqdisodiy rag'batni jadallashtiradi.
Erkinlik. Bozor tizimining eng katta noiqtisodiy mulohazasi shahsiy erkinlikka ко’p e’tibor berishdir. Markaziy rejalashtirishdan farqli o'laroq, bozor tizimi iqtisodiy faoliyatni hech qanday zo'rlashlarsiz muvofiqlashtiradi. Bozor tizimi, darhaqiqat, buni tanlov va korxonaning erkinligini kuchayishini ta’minlaydi. Korxonalar va ishchilar bozor tizimi taqdim etayo’ligan mukofot va jazolarga tayyor turadi.
Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari
Oldingi bobdan maiumki, mavjud iqtisodiy tizimlar orasida bozor iqtisodiyoti o'zining afzalliklari bilan ajralib turadi. Aynan shu afzalliklar mazkur iqtisodiy tizimning samarali va barqaror amal qilishi, rivojlanishiga zamin yaratadi. Eng avvalo, bozor iqtisodiyotining uchta ustun jihatini ko'rsatib oiish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
1. Resurslami taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslami samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslami jamiyatga eng zamr bo'lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo'naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslami uyg'unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qoilashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlami talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |