O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan
Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi
Download 294.5 Kb.
|
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi.
2. Iqtisodiy faoliyat va tanlov erkinligi. Bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustuvorlik beradi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishning asosiy muammolaridan biri bo'lib alohida shaxs va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg'unlashtirish hisoblanadi. Bunday uyg'unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud.
Birinchisi – markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo'llash bo'lsa, ikkinchisi - bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlikdir. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg'unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qilib, aynan shu tufayli u muvaffaqiyatga erishadi. 3. Iqtisodiy subyektlar tinimsiz harakat va izlanishlarining ta’minlanishi. Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, unda har bir shaxs, korxona, firma va korporatsiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo‘lishadi. Chunki xo‘jasizlik, sustkashlik, beg‘amlik har qanday xo'jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilami harakatga soladi, ulami boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi. Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko'rib chiqilgan asosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko'plab ijobiy jihatlarini ham sanab o'tish mumkin. Jumladan: - uning ishlab chiqarishning o'zgamvchan sharoitlariga moslashuvi va ko'nikishining yuqori darajasi; - fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ulami ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati; - turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati; - buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash; - cheklangan axborot - turli resurslaming narx darajasi va ulaming sarflanish darajasiga yo'nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati. Shu o'rinda ta’kidlash lozimki, bozor iqtisodiyotining ham o‘ziga xos kamchilik va ziddiyatlari mavjud. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyati shundan iboratki, u o'zining bosh nazorat mexanizmi -raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo'yadi va hatto buni rag'batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud: 1) bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o'z iqtisodiy mavqelarini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo'lidan ozod bo'lishga harakat qiladilar. Firmalaming qo'shilib ketishi, kompaniyalaming xufyona kelishuvi, raqobatlashuvning noqonuniy usullari (masalan, jismoniy kuch ishlatish, zo‘ravonlik, tazyiq o‘tkazish va h.k.) ni qoilash - bulaming barchasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta'sirining pasayishiga olib keladi; 2) bozor tizimi rag‘batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real kapitaldan foydalanishni; b) yirik bozorlar boiishini; v) kompleksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun boiib birlashgan bozoming tarkib topishini; g) boy va ishonchli xomashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozoming hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqamvchilar mavjud boiishi zamrligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qoilash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko‘p miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko‘p boimagan yirik ishlab chiqamvchilar mavjud boiishini taqozo qiladi. Bozor tizimi jamiyatning yuqori ehtiyojli tovarlar bilan ta’minlanishiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham putur etkazadi. Bozor tizimi o‘zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslami taqsimlash layoqatini ham yo‘qotib borishi mumkin. Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bogiiq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni maium darajada yumshatish mumkin. Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan yana biri shundan iboratki, u ijtimoiy ne’matlar va xizmatlami ishlab chiqarib, bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida boladi. Tovarlar hajmi bilan pul massasi o‘rtasidagi ro‘y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmaslik ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi. Bu pulning qadrsizlanishi, ya’ni inflyatsiya jarayoni orqali namoyon boiadi. Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud: - atrof-muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi; - resurslaming qayta tiklanmaydigan turlarini saqlash imkoniyatining yo‘qligi; - mehnat qilish bilan bog‘liq kafolatlaming mavjud emasligi; - fanda fundamental va amaliy tadqiqotlaming rivojlanishiga ko‘maklashuvning yo‘qligi; - rivojlanishning beqarorligi, inqirozli holatlaming b o iib turishi hamda ijtimoiy ishlab chiqarishning pasayishi, ishsizlik darajasining oshishi kabi holatlarining mavjudligi. Shuningdek, 2008-yilda AQSH ipoteka kreditlash tizimida vujudga kelgan hamda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarga tarqalib, awal iqtisodiyotning moliyaviy sektorida, keyinchalik esa real sektor hamda ijtimoiy sohasida jiddiy talofatlarga olib kelgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham ko‘p tomondan bozor iqtisodiyotining ziddiyatli jihatlari ta’siri bilan bogiiq. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bozoming o‘zini-o‘zi tartiblash mexanizmini mutlaqlashtirish va bunda davlatning nazorat qilish, tartibga solish vazifalariga umuman e’tibor qaratmaslik pirovardida inqiroz holatlarining ro‘y berishiga olib keldi. O‘zbekistonda davlat tomonidan bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni tartibga solish jarayonlariga doimiy e’tibor qaratilib, zarur boiganda iqtisodiyotda davlat tomonidan boshqamv usullari qollandi va bunday yondashuv oxir-oqibatda o‘zini to’la oqladi Download 294.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling