O’zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi Toshkent Davlat Transport Universiteti “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan


Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi


Download 294.5 Kb.
bet4/16
Sana09.03.2023
Hajmi294.5 Kb.
#1254992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari

Bozor iqtisodiyotida doimiy va asosiy muammolarning hal qilinishi.

Ijtimoiy xo‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yolini tanlagan har qanday mamlakat mazkur iqtisodiy tizimning qanday amal qilishini mukammal bilishi muhim hisoblanadi. Buning uchun, eng avvalo, har qanday iqtisodiy tizimning umumiy muammolarini ifodalovchi quyidagi savollarga javob topish kerak boladi:


1) qanday mahsulot va xizmatlami, qancha miqdorda ishlab chiqarish zarur?


2) ushbu mahsulot va xizmatlami qanday texnika va texnologiya vositasida ishlab chiqariladi?
3) bu mahsulot va xizmatlar kim uchun ishlab chiqariladi?

Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu muammolar qisqacha - «nima, qanday qilib, kim uchun ishlab chiqarish zarur?» tarzida ifodalanadi. Bu muammolar an’anaviy iqtisodiyotda asosan urf-odatlar, ko‘p yillar davomida mavjud b o iib kelayotgan an’analar, milliy, diniy, iqlim va boshqa omillar ta’sirida hal etilsa, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiy tizimda markazlashtirilgan holdagi taqsimot va rejalashtirish orqali hal etiladi. Lekin bozor iqtisodiyoti bu muammolami o‘zgacha tarzda hal etadi. Bunda bozor iqtisodiyoti tizimining o'ziga xos xususiyatlaridan, uning talablari va qonun-qoidalaridan kelib chiqadi.


Nima va qancha miqdorda ishlab chiqarish zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida eng avvalo iqtisodiy resurslar bilan ta’minlanish darajasiga, talab va taklif nisbatiga bogiiq. Bunda mavjud boigan resurslar qanday hajmda band qilinishi yoki qaysi qismi ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi ham hisobga olinishi lozim. Bu savolga javob berishda korxona zarar ko‘rmaslik va yuqori darajada foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qiladi. Shu bilan birga mahsulot va xizmatlaming qanday to‘plami jamiyat talablarini to’la qondira olishi e ’tiborga olinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talab mavjud bolgan, binobarin, foyda keltirishi mumkin boigan mahsulot va xizmatlar yaratiladi. Bunda korxona foydasi hajmini tovami sotishdan olinadigan umumiy pul daromadi va uni ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o‘rtasidagi nisbat aniqlaydi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy (sof) foyda oluvchi tarmoqning kengayib borish tamoyili amal qiladi. Chunki foyda darajasining nisbatan yuqoriligi bu tarmoqqa kam foydali tarmoqlardagi kapitallaming oqib oiishini ta’minlaydi. Ammo tarmoqda yangi ishlab chiqamvchilaming paydo boiishi o‘zini o‘zi cheklovchi jarayon hisoblanadi. Chunki tarmoqqa yangi korxonalaming kirib kelishi


bilan uning mahsuloti taklifi bozor talabiga nisbatan jadal ravishda o‘sadi. Bu asta-sekin mazkur mahsulot narxining pasayishiga hamda iqtisodiy foydaning yo‘qolishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, raqobat bu foydani yo‘qqa chiqaradi. Bozordagi talab va taklifning iqtisodiy foyda nolga teng boigan holdagi nisbati bu tarmoq mahsulotining umumiy miqdorini belgilab beradi. Shu vaziyatda tarmoq ishlab chiqarishning «muvozanatli» hajmiga yetadi. Bozor talabi yoki taklifida yangi o‘zgarishlar ro‘y bermaguncha bu muvozanat buzilmaydi. 0 ‘z-o‘zidan aniqki, tarmoqdagi tovar ishlab chiqarishdan zarar koiilishi kutilgan holatda korxona bunday iqtisodiy faoliyat turidan voz kechadi. Buning natijasida zarar ko‘mvchi yoki past foyda darajasiga ega boigan tarmoqda ishlab chiqarish hajmi keskin qisqarib, taklifning talabdan ortda qolishi ro‘y beradi. Bu esa, sekin-asta mahsulot narxining koiarilishi hamda foyda darajasining oshishiga sharoit yaratadi. Natijada tarmoq o'zining ishlab chiqarish hajmini qayta tiklaydi va faoliyati barqarorlashadi.

Ishlab chiqariladigan mahsulot turi va miqdorini aniqlashda iste’molchi talabi alohida, muhim rol o‘ynashini ta’kidlash lozim. Iste’molchilaming tovarlami sotib olish maqsadida pul daromadlarini sarflashga tayyorliklari bozor talabi sifatida namoyon bo'ladi. Agar bunday talab hajmi ahamiyatli darajaga yetsa, korxona ushbu mahsulotni ishlab chiqarishga rag‘bat sezadi, ya’ni iste’molchi talabining ko'payishi, bu mahsulotni ishlab chiqamvchi tarmoq uchun iqtisodiy foyda keltiradi. Iste’molchi talabining qisqarishi esa tarmoq ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Qisqasi, bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchining talabi qanday mahsulot turlarini ishlab chiqarish masalasini hal qilishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, nima ishlab chiqarish zamrligini belgilash ko‘p darajada resurslami yetkazib bemvchilarga ham bog‘liq. Resurslarga boigan talab – bu hosilaviy talab, ya’ni bu resurslar vositasida ishlab chiqariluvchi tovarlar va xizmatlarga boigan talabdan kelib chiqadi. 0 ‘z daromadlarini yuqori darajaga yetkazishda resurslami yetkazib bemvchining ham bozor talabidan kelib chiqishi shubhasiz. Faqat iste’molchi talabiga muvofiq tushuvchi tovarlami ishlab chiqamvchi korxonalar foyda olib ishlashi mumkin va shu korxonalaming resurslarga boigan talabi kuchayadi. Qisqasi, iste’molchining afzal koiishi uning talabi orqali namoyon boiadi. Tovar ishlab chiqamvchi va resurslami yetkazib beruvchilar o ‘z manfaatlarini ta ’minlash uchun bu talabga mos ravishda, ya’ni yuqori foyda olish uchun pul toiash qobiliyatiga ega boigan iste’molchilarga zarur boigan turdagi va miqdordagi tovarlami ishlab chiqaradi va resurslami yetkazib beradi.


Tovarlar qanday usulda ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘ziga xos javob boiadi. Bunda uchta uzviy bogiiq masalaga e’tibor beriladi:


- resurslaming alohida tarmoqlar o'rtasida taqsimlanishi;
- korxonalar tomonidan ishlab chiqarishning amalga oshirilishi;
- har bir korxona resurslarining uyg‘unlashuvi va texnologiyani tanlash.

Bozor tizimi resurslami awalo yuqori talab va foyda darajasiga ega tarmoqlarga yo‘naltiradi. Past foyda darajasiga ega yoki foyda olmaydigan tarmoqlar iqtisodiy resurslardan mahram bo'ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy texnologiyani qo'llashga layoqatli bo'lgan va shunga intilgan korxonalar samarali faoliyat ko'rsata oladi. Korxonalaming iqtisodiy samaradorligi quyidagi omillarga bog'liq: mavjud texnologiya, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslaming oqilona uyg'unlashuvi darajasi hamda iqtisodiy resurslaming narxlari. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning muayyan hajmini ishlab chiqarishga resurslami eng kam darajada sarflagan holda erishishni bildiradi.


Bozor iqtisodiyoti o'zgaruvchan bo'ladi: u iste’molchilar, ishlab chiqarish texnologiyasi, iqtisodiy resurslar tarkibi o'zgarishiga muvofiq holda o'zgaradi. Ayni paytda resurslami taqsimlashning ancha samarali hisoblangan tizimi vaqt o'tishi bilan iste’molchi didining o'zgarishi, ishlab chiqarish yangi texnologiyasining yaratilishi va taklif qilingan resurslar tarkibining qayta o'zgarishi oqibatida eskirishi


va samarasiz bo'lib qolishi mumkin.

Iste’molchi dididagi o'zgarishlaming mahsulot narxi va foydaga ta’siri ayrim tarmoqlarni qisqartirish va boshqalarini kengaytirishni taqozo qiladi. Bu o'zgartirish resurslar bozori orqali amalga oshiriladi, chunki kengayib bomvchi tarmoq resurslarga ko'proq talab bildirsa, qisqarib bomvchi tarmoq ularga talabni kamaytiradi. Buning natijasida vujudga keluvchi resurs narxlarining o'zgarishi, resurslami qisqamvchi tarmoqlardan kengayuvchi tarmoqlarga qayta taqsimlaydi. Demak, bozor tizimi texnologiyaning o'zgarishi va har xil resurslar taklifi tarkibidagi o'zgarishlarga moslashadi.


Bozor iqtisodiyoti fan-texnika taraqqiyotini rag'batlantiradi. Birinchi bo'lib tejamli texnologiyalami qo'llash korxonaning o'z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo'lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilinadigan boisa, bozor iqtisodiyoti sharoitida «nima, kim uchun va qanday qilib ishlab chiqarish zarur» degan muammoga quyidagicha javob beriladi:


a) yuqori foyda beradigan barcha tovarlar va xizmatlar toiovga layoqatli iste’molchilar talabiga yetarli hajmda ishlab chiqariladi;


b) tovar va xizmatlar to io v layoqatiga ega, yuqori foyda olish imkonini beradigan xaridorlar uchun ishlab chiqariladi;
v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, resurslami tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi.
Bozorning etuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko'proq, tasodifiy tavsifga ega bo'lib, unda tovami tovarga ayirboshlash usuli (baiter) ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiуоtiga o'tish yo’ligan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor - tovar va xizmatlaming har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo'lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, narxlar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo’llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin tabaqalanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori - bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi.
Bozor hududiy jihatdan quyidagi turlarga bo'linadi: mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samaiqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu- York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O'zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); mintaqaviy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G'arbiy Evropa bozori) va jahon bozori.



Download 294.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling