O’zbekiston respublikasi transport vazirligi
Download 454.03 Kb.
|
andijon
- Bu sahifa navigatsiya:
- TRANSPORT XARAJATLARI SOM
- PUDRATCHINING BOSHQA XARAJATLARI 14% SOM
- USKUNASIZ JAMI SOM
- Q.Q.S. 15% SOM
- BARCHA HARJATLAR SUMMASI SOM
9. Avtomobil yo’lini joriy ta’mirlashda atrof-muhit muhofazasi Yo’l atrofdagi tabiiy landshaftga organik uyg’unlashib ketishi zarur. Avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan chiqindi gazlarning kamayishiga erishish maqsadida III va IV toifali yo’llar (shuningdek aholi punktlari ichidagi yo’llar) optimal tezlikdagi transport oqimi harakatini eng yaxshi tashkil qilish imkoniyatini yaratish nuqtai nazaridan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi va o’tkazilishi kerak. Yo’l poyi, ko’prik o’tkazgichlar, mashinalarni yuvish joylari, texnik hizmat ko’rsatish stansiyalari va boshqa joylarda to’planadigan iflos oqava suvlar tozalash qurilmalari yoki bug’lanish maydonlariga chiqarib yuborilishi lozim. Yo’llar suv oqimlarining gidrologik rejimini buzmasligi, oqmas suv havzalari va suv bosgan hududlar hosil qilmasligi kerak. Transport oqimining shovqin darajasi sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo’l atrofidagi xududga ko’rsatiladigan salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida yo’l bo’yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli yashil daraxtlardan ximoya mintaqasiyaratilishi kerak.Avtomobil yo’llari qurilish jarayonida buzilgan yerlar qayta tiklanishi lozim. Atrof muhitni muhofaza qilish hozirgi va kelgusi avlod manfaatini ko'zlab tabiiy muhitni saqlashga qaratilgan davlat ahamiyatidagi tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi. Tabiatni muhofazalash tadbirlari shovqindan, o'ta yuqori chastotali nurlanish tasiridan, atmosfera va atrof maydonlarni ifloslanishi oldini olish, tuproq eroziyasi va bazi uchastkalarni suv bosishi, shuningdek avtomobil yo'liga yondosh nohiyalarda fauna va floralarni himoyalashga yo'naltirilgan. Karerlardan gruntlarni tashishda yo'llardan chang ko'tariladi.Bularni oldini olish uchun yo'llarga suv yoki bitum emulsiyalari sepiladi.Er ishlari nihoyasiga etgach agrotehnik ishlar amalga oshiriladi, yani ko'chirilgan o'simlik qatlamini tashib keltirib yalang’ochlanib qolgan grunt ustiga yotqiziladi. Avtomobil yo'l nohiyasida aholi punktlarini loyihalash va ularda yashash uylarini joylashtirish quyidagi sharoitlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak: -yashash binolari uchun maydon tanlanganda joydagi himoyalovchi vositalar (o'rmon, balandlik uchastkalar) dan foydalanish lozim; -yordamchi inshootlarni (qozonhona, omborlar) radiotehnik obektlar va yashash binolari orasida joylashtirish lozim; -ko'p qavatli yashash va mamuriy binolarni, madaniy-maishiy binolarni shunday joylashtirishni mo'ljallash kerakki, iloji boricha bu binolarni tores devorlari radiolokasiya stansiyalari tomoniga yo'naltirilgan bo'lsin; -yashash shaharchasi hududida darahtlar va butalar ekish ko'zda tutilishi kerak. Download 454.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling