O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi


Download 5.75 Mb.
bet15/23
Sana03.10.2023
Hajmi5.75 Mb.
#1690799
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

Archa zangi - Gymnosporangium turkestanicum Franz. Archa daraxtidagi zang kasalligini zamburug’ keltirib chiqaradi. Gimnosporatum turkestanikum estidiya – spora hosil qilish bosqichi chetan turlarida rivojlanadi. Gimnosporangium fuaizporium (estidiya bosqichi. irg’ay turlarida rivojlanadi). Gimnosporangium kokfuzum (estidiya bosqichi do‘lana turlarida rivojlanadi) kabi kasalliklar shular jumlasidandir. Zang zamburug’lari bilan asosan, daraxtlarning yosh novdalari zararlanadi.
Novdaning zararlangan joyi yo‘g’onlashib so‘ngra yoriladi. Erta bahorda zararlangan shoxchalarda qo‘ngir tusdagi shilimshiqsimon sporalar hosil bo‘ladi. Archani zang zamburug’i bilan zararlanishi ostki shoxchalardan boshlanadi. Kasallik hamma yoshdagi va turli balandlikdagi daraxtlarga shikast etkazadi, ayniqsa, o‘rta mintaqada va shimoliy yonbag’irlarda o‘sadigan daraxtlar ko‘proq zararlanadi.
Kurash choralari. Bahorda himoya qilish maqsadida daraxtlarga 1,5 foizli stineb, mis oksidi yoki 1 foizli polikorbastin purkaladi. Bir gektar maydonga 600 - 700 litr eritma sarflanadi. Kasallikning ayrim belgilari paydo bo‘lishini ninabarglarining sarg’ayishidan bilsa bo‘ladi. Buning uchun novdalarni yuqoridagi dorilardan birontasini olib 1 - 3 marotaba ishlov berish tavsiya etiladi. Necha marotaba ishlov berish kasallik manbaining xarakteriga va mavsumning ob- havosiga bog’liq. Zang zamburug’ining manbai kuchsiz bo‘lsa va shu bilan birga ularni rivojlanishi uchun qulay ob-havo sharoiti bo‘lmagan taqdirda bir marotaba ishlov berish etarli. Bahorda bir marotaba o‘z vaqtida dori sepilsa, yaxshi natija beradi.
Qarag’ay turlarining asosiy zararkunandalari.
Turkiston zlatkasi - Anthaxia turkestanica Obenb. Turkiston zlatkasi
faqatgina qarag’ayning pastki shoxlarida, kesilgandan qolgan to‘nkalarida uchraydi. Qo‘ng’izlarining uchishi juda ham ko‘p vaqt davom etadi. Dengiz satxidan 1200
metr balandlikgacha bo‘lgan hududlarda zlatkalar iyun oyining ikkinchi yarmida paydo bo‘ladi. Dengiz satxidan 2000-2500 metr balandliklardagi qarag’ayzorlarda qo‘ngizlarning uchishi may oyidan boshlab sentyabrning oxirigacha davom etadi. Bu davr mobaynida zlatkalar qoqi ayiqtovon kabi boshqa bir qancha o‘simlik gullarida uchrab ularning changlari bilan oziqlanadi.
Lichinkalari daraxtning lub va po‘stloq osti yupqa, yangi yog’och qatlami bilan oziqlanadi. Novda yog’ochlari ichida g’umbakka aylanadi. Lichinkalar po‘stloq ostida qishlaydilar. Shu vaqtlarda yosh qo‘ng’izlarni ham uchratish mumkin.

Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling