O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi


Download 5.75 Mb.
bet17/23
Sana03.10.2023
Hajmi5.75 Mb.
#1690799
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Avtomobil yollarini kokalamzorlashtirish usullari

Ildizxo‘r (kornejil) - Hilastes substriatus strohm. Ildizxo‘rning asosiy ozuqa manbai karag’ay turlari hisoblanadi. Qo‘ng’izlar asosan, daraxtlarning ostki qismlarida, to‘kilgan ninabarglar va moxlar bilan qoplangan ildiz bo‘g’inlarida, namli joylarda uchraydi. Yiqilgan yoki egilib o‘sayotgan daraxtlar tanasining ostki erga yaqin qismlariga joylashgan.
Hasharotlar asosan, kuchsizlangan daraxtlarga yopiriladi va boshqa zararkunandalar bilan birgalikda hayot kechiradi. Qo‘ng’izlarining uchishi may oyidan boshlab avgustgacha davom etadi. Urg’ochi qo‘ng’izlar tuxum qo‘yish paytida daraxtlar va to‘nkalarning po‘stlog’i ostidagi yog’ochlarni kemirib o‘zlariga pastdan yuqoriga qarab yo‘l ochadi.
Bu yo‘llarning uzunligi 4-6 ayrim hollarda 9 sm gacha etadi. Yo‘llarni ikki tomonida esa tuxum qo‘yadigan maxsus joylar yasaladi. Lichinkalarning yo‘llari egri-bugri bo‘lib daraxtlarning lub qismi ostida joylashgan ya’ni yog’och qismining ustki tomonida bo‘ladi. Ildizxo‘rning generastiyasi bir yillik, qo‘ng’izlari va lichinkalari qishlashadi.
Kurash choralari. Daraxtzorlar sanitariya holatini yaxshilash maqsadida, yo‘l bo‘ylarida profilaktik tadbirlar olib borish kerak. Qarag’aylarni bahorda zararlaydigan hasharotlar o‘rnashgan tuproqni aniqlash iyun oyida, yozgilari esa kuzda va qishda olib boriladi.
Bahorgi zararkunandalarni o‘zida saqlovchi daraxtlarni fevral - martda, yozgilarini esa iyun oyida hisoblab chiqiladi. Po‘stloqxo‘r va zlatkani yo‘qotish uchun ular qishlagan vaqtida daraxtlarga kimyoviy usul bilan ishlov beriladi.
Zararkunanda qo‘ng’izlarni feromon tutkich vositasida ushlanadi. Kimyoviy usul
bilan ishlov berilganda archa zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy vositalar ishlatiladi.
Qarag’ay turlarining zang kasalligi. Bu kasallikni xrizoliks avlodiga mansub bo‘lgan zang zamburug’lari keltirib chiqaradi. Bular ichida har xil xo‘jayinli (rivojlanish bosqichlari bir nechta o‘simliklarda kechadigan) va bir xo‘jayinli zang zamburug’lari mavjud va hamma bosqichlari bitta o‘simlikda rivojlanadi.
Zang zamburug’i bilan qarag’ay turlarining nina barglari, novdasi va qubbalari kasallanadi. Bahorda nina barglarda zamburug’lar rivojlanib yostiqsimon ko‘rinishdagi to‘q sariq tusdagi spora hosil qiladilar. Zararlangan nina barglar quriydi, kasallangan o‘simliklarning o‘sishi sekinlashadi.
Xrizomiks deformans zamburug’ini tleyto sporalarining ta’siri natijasida qarag’ay novdalarining o‘sishi sekinlashib qisqaradi, nina barglari esa to‘q sariq tusga kiradi. Vaqt o‘tishi bilan kasallangan novdalar qorayib nobud bo‘ladi.
Zang zamburug’i bilan qarag’ayning qubbalari ham zararlanadi. Kasallangan qubbalarni tangachalari ochilgan, zamburug’ning sharsimon sariq estidiyasi ko‘rinib turadi. Zang zamburug’ining qolgan bosqichlari shumurtning bargida rivojlanadi.
Kasallik urug’larining sifati va miqdoriga salbiy ta’sir qilib katta zarar keltiradi. Zararlangan qubbalarda urug’lar rivojlanmaydi, natijada urug’larning unib chiqishi past bo‘ladi.

Download 5.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling