O‘zbekiston respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari


Download 180.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana08.01.2022
Hajmi180.8 Kb.
#238783
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

2-bob. Qo‘mitaning asosiy vazifalari va funksiyalari

6. Quyidagilar Qo‘mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirish, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini

berish,  turizm  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  olib  borish  maqsadida  turizmni  rivojlantirishning  yaxlit

konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash;

turistik  xizmatlarning  tashqi  va  ichki  bozorlarida  marketing  tadqiqotlarini  amalga  oshirish,  turizm

sohasida  O‘zbekiston  Respublikasining  tarixiy-madaniy  merosini  keng  targ‘ib  qilishga  qaratilgan  faol  reklama-

axborot  siyosatini  amalga  oshirish,mamlakatning  turistik  imijini  saqlash  va  rivojlantirish,  xalqaro  turistik

bozorlarda milliy mahsulotlar va brendlarni ilgari surish;

ichki,  kirish  va  chiqish  turizmini  kompleks  rivojlantirishning  milliy  va  hududiy  dasturlarini  ishlab

chiqishni  muvofiqlashtirish  va  amalga  oshirishni  monitoring  qilish,  keng  qamrovliturizm  turlarini  jadal

rivojlantirish,  turizm  infratuzilmasini  xalqaro  standartlarga  mos  ravishda  rivojlantirishga  xorijiy  investitsiyalar,

shuningdek, xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qilish;

turistik  faoliyatni  rivojlantirishni  muvofiqlashtirish,  hududlarda  yangi  turistik  yo‘nalishlar  ochilishini

ta’minlash,  ularni  pasportlashtirish,  turistik  yo‘nalishlar,  gidlar  (ekskursovodlar)  va  turistik  obyektlar  bo‘yicha

yagona milliy reyestrlarni shakllantirish;

turistik  xizmatlarni  tashkil  qilishda,  avvalambor  ular  joylashtirilgan  manzillarda,  ovqatlanish  joylarida,

respublika  hududi  bo‘ylab  harakatlanish  vaqtida,  turistik  obyektlarga  tashriflarni  tashkillashtirishda  turistlar

xavfsizligi  va  sog‘lig‘ini  ta’minlashga  yo‘naltirilgan  turistik  xizmatlarni  ko‘rsatish  sifati  va  xavfsizligining

standartlarini  ishlab  chiqishni  muvofiqlashtirish,  turizm  sohasidagi  xizmatlarni  litsenziyalash  va

sertifikatlashtirishni,  shuningdek,  litsenziyalanayotgan  va  sertifikatlashtirilayotgan  turistik  xizmatlarning

belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshirish;

turizm  sohasini  davlat  tomonidan  va  bozor  orqali  tartibga  solishni  maqbullashtirish,  turizm  xizmatlari

bozorida  raqobatni  rivojlantirish,  turizmni  rivojlantirishga  xalaqit  berayotgan  barcha  to‘siqlar  va  g‘ovlarni

bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlar faolligini oshirishga har tomonlama

ko‘maklashish, mazkur sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish;

turistik  faoliyat  sohasida  birinchi  navbatda,  BMTning  Jahon  turizm  tashkiloti,  turizm  bo‘yicha  nufuzli

xalqaro  va  milliy  tashkilotlar,  shuningdek,  turizm  sohasida  faoliyat  ko‘rsatayotgan  xorijiy  kompaniyalar  bilan

xalqaro hamkorlikni kengaytirish, turistik faoliyat amaliyotiga xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni

joriy etish;




2/23/2021

 PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

https://lex.uz/ru/docs/-3077301?ONDATE=07.02.2018

4/8


turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish, turistik faoliyat subyektlari xodimlarini

muntazam qayta tayyorlash va malakasini oshirishni yuqori sifatli darajada tashkil etish, turizm tarmoq ilm-fanini

rivojlantirishga ko‘maklashish;

Keyingi tahrirga qarang.

7. Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifalarga ko‘ra quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

a)  mamlakatning  turistik  salohiyatini  tubdan  oshirish,turizmga  iqtisodiyotning  strategik  sektori

maqomini  berish,  turizm  sohasida  yagona  davlat  siyosatini  olib  borish  maqsadida  turizmni  rivojlantirishning

yaxlit konsepsiyasini shakllantirish va amalga oshirishni ta’minlash sohasida:

turizmni  rivojlantirishning  asosiy  tendensiyalari  va  prognozlarini  tahlil  qilishni  inobatga  olgan  holda

turizm  sohasini  rivojlantirishning  qisqa,  o‘rta  va  uzoq  muddatga  mo‘ljallangan  ustuvor  yo‘nalishlari  va

vazifalarini belgilashda ishtirok etadi;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  va  boshqa

tashkilotlar,  shuningdek,  turistik  faoliyat  subyektlari  tomonidan  turizm  sohasida  yagona  davlat  siyosatining

amaliy ijrosini ta’minlaydi;

turizm  sohasida  davlat  tomonidan  tartibga  solish  va  boshqaruv  mexanizmlari  hamda  tuzilmasini

tashkiliy-huquqiy takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

turizmni  rivojlantirish  masalalarida  normativ-huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  ishlab  chiqadi  va  ularni

belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

b) turistik xizmatlarning tashqi va ichki bozorida marketing tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston

Respublikasining  tarixiy-madaniy  merosini  keng  targ‘ib  qilishga  qaratilgan  faol  reklama-axborot  siyosatini

amalga oshirish, mamlakatningturistik imijini saqlash va rivojlantirish, xalqaro turistik bozorlarda milliy turistik

mahsulotlar va brendlarni ilgari surish sohasida:

turistlar  oqimining  salohiyatli  va  istiqbolli  bozorlarini  o‘rganadi,  turizm  sohasida  reklama-axborot

siyosatini olib borishning samarali uslub va mexanizmlarini belgilaydi, uning natijalariga ko‘ra tegishli kompleks

choralar ko‘radi;

mamlakatning  turistik  salohiyatini  targ‘ib  qilish  samaradorligini  oshirish  maqsadida  xorijiy  turistlar

nimani afzal ko‘rishini o‘rganish va talab yuqori bo‘lgan turistik mahsulotlarni aniqlashga qaratilgan marketing

tadqiqotlarini tashkil etadi;

milliy turistik mahsulotlar va brendlarni xalqaro turistik bozorlarda taqdim etishda ko‘maklashadi;

turistik  faoliyat  subyektlari  va  boshqa  manfaatdor  shaxslarni  xalqaro  turistik  bozorlarda  mamlakat

turistik salohiyatini targ‘ib qilishda ishtirok etishga rag‘batlantirishni ta’minlaydi;

O‘zbekiston  Respublikasida  xorijiy  turoperatorlar,  ommaviy  axborot  vositalari  va  boshqa  tashkilotlar

ishtirokida axborot turlari (infoturlar)ni tashkillashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalaridagi turizmni rivojlantirish masalalari

bo‘yicha maslahatchilar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

turistik  yo‘nalishlar  bo‘ylab  hamda  turistik  ko‘rgazma  va  infratuzilma  obyektlari  yaqinida  istiqomat

qiluvchi  aholining  turistik  madaniyatini  oshirish  (mehmondo‘stlik  madaniyati)  bo‘yicha  chora-tadbirlarni

tashkillashtiradi va o‘tkazadi;

mehmonxonalar  va  turistik  faoliyatning  boshqa  subyektlari  uchun  sayyohlarning  xavfsiziligini

ta’minlash,  ularga  birinchi  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  huquqni  muhofaza  qiluvchi  organlar  va  boshqa  davlat

organlari bilan o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha qisqa muddatli kurslarni tashkillashtiradi;v) ichki, kirish va

chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish va

amalga  oshirishni  monitoring  qilish,  keng  qamrovliturizm  turlarini  jadal  rivojlantirish,  turizm  infratuzilmasini

xalqaro standartlarga mos ravishda rivojlantirishga xorijiy investitsiyalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari

va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb qilish sohasida:

mavjud  turistik  salohiyat,  turistik  xizmatlar  bozorining  hamda  turizm  va  logistika  sohasidagi

infratuzilmalar holatini tizimli asosda tahlil qiladi, shuningdek, mazkur sohadagi xalqaro standartlarni o‘rganadi;

davlat  va  xo‘jalik  boshqaruvi  organlari,  mahalliy  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  va  boshqa

tashkilotlar ishtirokida ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishni va

ularni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga kiritishni tashkillashtiradi;


Download 180.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling