O‘zbekiston respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida


-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish


Download 180.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi180.8 Kb.
#238783
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

4-bob. Qo‘mita faoliyatini tashkil etish

11. Qo‘mitaga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan

ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;

Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod

etiladigan to‘rt nafar o‘rinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega.

Qo‘mita raisi maqomiga ko‘ra vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga,

rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

12. Rais:

Qo‘mita faoliyati ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Qo‘mita zimmasiga yuklatilgan vazifa

va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

belgilangan  umumiy  shtatlar  soni  doirasida  Qo‘mitaning  markaziy  apparati  va  hududiy  bo‘linmalari

shtatlar  jadvalini,  shuningdek,  Qo‘mitaning  markaziy  apparati,  uning  hududiy  bo‘linmalari,  idoraviy  mansub

tashkilotlari xarajatlar smetasini tasdiqlaydi.

markaziy apparat va hududiy boshqarmalarning bo‘linmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar

to‘g‘risidagi nizomlarni va ularning tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

Qo‘mita  markaziy  apparatining  xodimlarini,  hududiy  bo‘linmalar,  idoraviy  mansub  tashkilotlarning

rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;

xorijdagi  diplomatik  vakolatxonalarda  turizm  masalalarini  rivojlantirish  bo‘yicha  maslahatchilarni

lavozimiga  tayinlash  va  lavozimidan  ozod  etish  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Tashqi  ishlar  vazirligiga

taqdimnoma kiritadi;

Qo‘mita  vakolatiga  kiruvchi  masalalar  bo‘yicha  qarorlar  qabul  qiladi,  raisning  birinchi  o‘rinbosari  va

o‘rinbosari,  Qo‘mita,  uning  hududiy  bo‘linmalari  va  idoraviy  mansub  tashkilotlari  boshqa  mansabdor

shaxslarining vakolati, majburiyatlari va javobgarlik darajasini belgilaydi;

Qo‘mita, hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy

bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

Qo‘mitaning  markaziy  apparati  xodimlari,  hududiy  bo‘linmalar  va  idoraviy  mansub  tashkilotlar

rahbarlarini moddiy rag‘batlantirishning qo‘shimcha mexanizmlarini belgilaydi;

Rais qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

13.  Qo‘mitada  uning  faoliyatidagi  asosiy  yo‘nalishlarni  muvofiqlashtiruvchi,  rais  (hay’at  raisi),  uning

o‘rinbosarlari  (lavozimiga  ko‘ra),  shuningdek,  Qo‘mita  markaziy  apparati  tarkibiy  bo‘linmalari  rahbarlaridan




2/23/2021

 PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida

https://lex.uz/ru/docs/-3077301?ONDATE=07.02.2018

7/8


iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.

Hay’at  a’zolari  soni  va  shaxsiy  tarkibi  raisning  taqdimnomasiga  binoan  O‘zbekiston  Respublikasi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:

mazkur Nizom qoidalarida belgilab qo‘yilgan Qo‘mitaning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini tayyorlash va

amalga oshirish;

Qo‘mita  nomenklaturasiga  kiradigan  lavozimlarga  kadrlarni  tanlash,  joylashtirish,  ularni  tayyorlash  va

qayta tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida

va  sifatli  amalga  oshirish  yuzasidan  Qo‘mita  rahbarlari  va  mutaxassislarining  ijro  intizomi  va  shaxsiy

javobgarligini kuchaytirish.

Hay’at Qo‘mita vakolatiga taalluqli bo‘lgan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.

Hay’at  yig‘ilishlariga  Qo‘mita  vakolatiga  taalluqli  masalalar  bo‘yicha  boshqa  davlat  va  xo‘jalik

boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib

chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Qo‘mitaning qarorlari va raisning buyruqlari orqali amalga oshiriladi.

Rais  va  hay’at  a’zolari  o‘rtasida  kelishmovchiliklar  yuzaga  kelgan  taqdirda  rais  paydo  bo‘lgan

kelishmovchiliklar  to‘g‘risida  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasiga  axborot  bergan  holda  mustaqil

ravishda  qaror  qabul  qiladi.  Hay’at  a’zolari  ham  o‘z  fikr-mulohazalarini  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar

Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tomonidan tasdiqlanadigan reglamenti bilan belgilanadi.

14.  O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  budjeti,  Qo‘mita  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Turizm  sohasini

qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Qo‘mita faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahriningmahalliy budjetlari mablag‘lari

hududiy  bo‘linmalarni  moliyalashtirish  manbai  hisoblanadi.  Xodimlarni  qo‘shimcha  moddiy  rag‘batlantirish

Qo‘mita  huzuridagi  budjetdan  tashqari  Turizm  sohasini  qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi  hisobidan  amalga

oshiriladi.

15. Xodimlarni Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi

hisobidan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

a) ko‘p yillik xizmat qilganlik uchun har oylik ustamalar. Turizm tizimida ko‘p yillik xizmat qilganlik

uchun ustamalar quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:


Download 180.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling