O‘zbekiston respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida
Download 180.8 Kb. Pdf ko'rish
|
PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujjat 07.02.2018 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish
2/23/2021 PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida https://lex.uz/ru/docs/-3077301?ONDATE=07.02.2018 1/8
Hujjat 07.02.2018 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 2-dekabrdagi PF-4861-sonli Farmonini bajarish yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining samarali tashkil etilishini ta’minlash maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin: mamlakatning turizm salohiyatini tubdan oshirishga, turizmga iqtisodiyotning strategik sektori maqomini berishga, turizm sohasida yagona davlat siyosati o‘tkazilishiga yo‘naltirilgan turizmni rivojlantirishning yaxlit konsepsiyasi shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash; turizm xizmatlarining tashqi va ichki bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borishga, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilishga, O‘zbekiston Respublikasining turizm qiyofasini saqlab qolish va rivojlantirishga, milliy turizm mahsulotlari va brendlari xalqaro turizm bozorlariga kirib borishiga yo‘naltirilgan faol reklama- axborot siyosatini amalga oshirish; ichki, kirish va chiqish turizmini kompleks rivojlantirishning milliy va hududiy dasturlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi monitoringi, turizm turlarining keng doirasini jadal rivojlantirish, xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, shuningdek xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning kreditlari va grantlarini jalb etish; turizm faoliyati rivojlanishini muvofiqlashtirish, mintaqalarda yangi turizm yo‘nalishlari tashkil etilishini ta’minlash, ularni pasportlashtirish, turizm yo‘nalishlari va turizm obyektlari bo‘yicha yagona milliy reyestrlarni shakllantirish; Keyingi tahrirga qarang. turizm xizmatlarini tashkil etishda, eng avvalo, turistlar joylashtiriladigan joylarda, ovqatlanish punktlarida, respublika hududi bo‘ylab harakatlanishda va turizm obyektlariga tashriflarni uyushtirishda turistlarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlashga yo‘naltirilgan turizm xizmatlari ko‘rsatish sifati va xavfsizligi standartlari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish, turizm sohasida xizmatlarni litsenziyalash va sertifikatlashtirish hamda litsenziyalanadigan va sertifikatlashtiriladigan turizm xizmatlarining belgilangan talablar va standartlarga muvofiqligi bo‘yicha inspeksiya nazoratini amalga oshirish; turizm sohasini davlat tomonidan va bozor munosabatlari asosida tartibga solishni maqbullashtirish va turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish, turizmni rivojlantirishga qarshilik qilayotgan barcha g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish, turizm sohasida tadbirkorlik faolligi oshishiga har tomonlama ko‘maklashish, ushbu sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etish; turizm faoliyati sohasida birinchi navbatda BMTning Butunjahon turizm tashkiloti, turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy tashkilotlar hamda turizm sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xorijiy kompaniyalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xalqaro va davlatlararo standartlar va normalarni turizm faoliyati va amaliyotiga joriy etish; turizm faoliyati subyektlari xodimlarini muntazam ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni yuqori sifat darajasida tashkil etish, tarmoq turizm fanlarini rivojlantirishga ko‘maklashish. 2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi barcha majburiyatlar va shartnomalar, shu jumladan xalqaro majburiyatlar va shartnomalar bo‘yicha “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasining huquqiy vorisi hisoblanadi, mehnat shartnomalari bundan mustasno. 3. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tuzilmasida mustaqil bo‘linmalar sifatida: tugatilayotgan “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzuridagi “Buyuk ipak yo‘li” reklama agentligi” davlat unitar korxonasi negizida “Milliy turizm mahsulotlarini targ‘ibot qilish markazi” davlat unitar korxonasi; 2/23/2021 PQ-2666-сон 02.12.2016. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida https://lex.uz/ru/docs/-3077301?ONDATE=07.02.2018 2/8
“Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” unitar korxonasi negizida “Turizm xizmatlarini sertifikatlash markazi” davlat unitar korxonasi; “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markaziy boshqarmasi” davlat korxonasi negizida “Dispetcherlashtirish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasi; “Respublika ilmiy-o‘quv konsalting markazi” davlat korxonasi negizida “Turizm sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilsin. Oldingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. * Ilova rus tilidagi matnda berilgan (4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3510/0668-son) 5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, tegishli viloyatlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan Qo‘mita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi. Keyingi tahrirga qarang. 6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Qo‘mita huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin. “O‘zbekturizm” Milliy kompaniyasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizmni rivojlantirish jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga aylantirilsin. 7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Qo‘mita vakolatlariga muvofiq sudlarga beriladigan da’volar va arizalar bo‘yicha davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin. Keyingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 8. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Istiqlol ko‘chasi, 47 uyda, “Milliy PR markazi” Toshkent shahri, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 18- uyda joylashtirilsin. Belgilansinki: O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi markaziy apparatiga 5 ta shaxsan biriktirilgan (xorijiy maslahatchilarga biriktirilganlarni hisobga olmagan holda), 1 ta maxsus (yo‘lsiz joylarda yura oladigan), 2 ta navbatchi avtomobil va 1 ta mikroavtobus limiti ajratilishi nazarda tutiladi; Qo‘mitaga tegishli xizmat avtomobil transportiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan yillik kilometr masofa limiti tatbiq etilmaydi. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-fevraldagi PQ-3510-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.02.2018-y., 07/18/3510/0668-son) 9. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasini zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlashga belgilangan tartibda ko‘maklashsin. Keyingi tahrirga qarang. 10. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Download 180.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling