O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
15.4-rasm. Ideal diversifikatsiyalashda foydani ifodalovchi grafik N P max MC E P e * D=MR F Q * e Q 206 Ammo, xaridorlar juda ko‘p bo‘lsa, firma ularning har biri uchun alohida narx belgilashi qiyin. Bu erda asosiy muammo, xaridorlar sotib olishi mumkin bo‘lgan narxni aniqlashdir. Firma xaridorlar bilan so‘rov o‘tkazishi mumkin, lekin xaridor ushbu sotib olishi mumkin bo‘lgan maksimal narxni to‘g‘ri aytadi deb hech kim kafolat bera olmaydi. Shunga qaramasdan, xaridorlar kamroq bo‘lganda, real hayotda narx differentsiatsiyasidan foydalanuvchi firmalar ham yo‘q emas. Masalan, gazga, elektroenergiyaga aholi va korxonalar to‘laydigan narxlar, hayvonot bog‘iga, muzeyga kirish chiptalarining yosh bolalarga, katta yoshdagilarga va guruhlarga har xil narxlarda bo‘lishi. Bunday hollarda narxni differetsiatsiyalovchi firma iste’molchi ortiqchaligining bir qismini o‘zlashtiradi. Yana bir misol tariqasida poyafzal sotuvchi firmani ko‘rib chiqaylik. Sotuvchi har bir poyafzal sotilishidan 20 foiz foyda oladi deylik. Sotuvchi ba`zi bir xaridorlarga tovarni o‘z narxida sotsa, boshqa biriga sotganda o‘z ulushining bir qismidan voz kechadi, nima uchun deganda, foyda olmagandan ko‘ra har bir poyafzaldan 10 foizdan (20 foiz o‘rniga) foyda olish uning uchun afzalroq. Agar narxlar differentsiatsiyasi xaridorlar sonini oshishiga olib kelsa, bundan sotuvchilar ham, xaridorlar ham manfaat ko‘radi. Demak, umumiy farovonlik oshadi. Quyidagi 15.5-rasmda ana shu vaziyat tasvirlangan. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling