O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
15.2-rasm. Iste’molchi ortiqchaligining narx va ishlab chiqarish hajmiga bog‘liqligi A MR P N P max MC M P m E P e D Q m Q Q e 203 U foydasini maksimallashtirish uchun narx P m ni unga mos keluvchi ishlab chiqarish hajmi Q m ni chekli xarajat chizig‘i bilan chekli daromad chizig‘i kesishgan nuqtaga ko‘ra belgilaydi. Firma Q m ishlab chiqarish hajmida maksimal foyda bilan ishlaydi, lekin firma rahbarlari foydani yanada oshirish to‘g‘risida o‘ylaydi. Iste’molchi ortiqchaligi sohasida ko‘rish mumkinki (NM oraliqda) ba`zi bir iste’molchilar tovarni P m narxdan yuqori narxda ham sotib olishi mumkin. Lekin, narx P m dan yuqori qilib qo‘yilsa, sotish hajmi kamayadi, bir qator iste’molchilar yo‘qotiladi va olinadigan foyda kamayadi. Narx monopol P m bo‘lganda ham iste’molchilarning bir qismi tovarni sotib olaolmaydi, lekin ular narx P m dan kichik (ammo chekli xarajatdan yuqori bo‘lgan) bo‘lgan holda tovarni sotib oladilar. Bunday xaridorlar ME sohaga qarashli bo‘lib, ularning ortiqchaligi DME soha yuzasiga teng. Firma narxni tushirsa, u ME oraliqqa qarashli xaridorlarga ham tovarni sotishi mumkin. Biroq, bu holda uning daromadi va shu bilan birga foydasi ham kamayib ketadi. Firma NM oraliqqa qarashli iste’molchilar ortiqchaligini (P m MN yuzaga teng ortiqchalikni) va ME oraliqdagi iste’molchilar ortiqchaligini (DME yuzaga teng ortiqchalikni) qo‘lga kiritish uchun har xil guruhdagi iste’molchilarning talab chizig‘ida joylashuviga qarab har xil narx belgilashi mumkin. Yuqorida ko‘rdikki, bu ortiqchaliklarni bir xil narx belgilash orqali egallash mumkin emas. Masalan, firma NM oraliqdagi iste’molchilar uchun P P P m 1 1 narx, ME oraliqdagilar uchun P P P m 2 2 va ikkala guruh orasidagilar uchun P m narxni belgilashi mumkin. Narxlarni bunday qo‘yilishiga, ya`ni har xil guruhdagi iste’molchilar uchun har xil darajadagi narxlarning qo‘yilishiga narx diversifikatsiyasi (differentsiatsiyasi yoki diskriminatsiyasi) deyiladi. Masalaning muhim tomoni shundaki, xaridorlarni topib, ularni har xil narxlarda xaridorlar guruhiga bo‘lib chiqish, ya`ni bozorni segmentlashtirish kerak bo‘ladi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling