O‘zbеkiston rеspublikаsi
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16-bob. MEHNAT BOZORI VA KORXONALARDA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH 16.1. Raqobatlashgan mehnat bozori
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Monopoliyaga qarshi qonunlarning maqsadi va ahamiyati nimadan iborat? 2. Jahonda ilk bor monopoliyaga qarshi qabul qilingan qonun va uning ahamiyati. 3. Monopol hokimiyatga ega bo‘lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini nima tashkil etadi? 4. “Adolatli foyda olishni na`minlaydigan narx” aniqlanadi? 5. Narx belgilashda iste’molchi ortiqchaligini egallash. 6. Narxlar diversifikatsiyasi turlari va ularga xarakteristika bering. 7. Iste’molchi daromadiga ko‘ra narx qanday belgilanadi? 8. Tovarlar kategoriyasiga qarab, ularga narx belgilashning shartlari nimalardan iborat? 9. Iste`mol xajmiga ko‘ra narxlar diversifikatsiyasi deganda nima tushuniladi? 10. Haridorning rezerv narxi qanday o‘lchanadi? 213 16-bob. MEHNAT BOZORI VA KORXONALARDA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH 16.1. Raqobatlashgan mehnat bozori Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun ham resurslarga bo‘lgan talab hosila talab bo‘lib, firmaning ishlab chiqarish hajmidan va uning xarajatlariga bog‘liq. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni alohida firma uchun qaraymiz. Bozor (tarmoq) talabini aniqlash uchun tarmoqqa qarashli firmalar talablari yig‘ib chiqiladi. Faraz qilaylik, firma ishlab chiqarish omillaridan foydalanib mahsulot ishlab chiqaradi. Boshqaruvchi firmaga yana qo‘shimcha qancha ishchi kuchini yollashni aniqlamoqchi. Buning uchun firma har bir qo‘shimcha ishchi kuchini yollashdan qancha daromad olishni va ushbu birlik yollangan ishchi kuchidan foydalanish uchun qancha xarajat ketishini bilishi kerak bo‘ladi. Qo‘shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo‘shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u L MRP orqali belgilanadi. Mehnatning chekli daromadliligi L MRP ning iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki, ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ) ( L MP , qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha daromad MR ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi: MR MP MRP L L (1), bu yerda L MRP - mehnatning chekli daromadliligi; L MP - mehnatning chekli mahsuloti; MR - chekli daromad. Ushbu muhim bo‘lgan (1) munosabat iste’mol bozori raqobatlashganmi yoki yo‘qmi har qanday raqobatlashgan omillar bozori uchun o‘rinlidir. Masalan, kapital bozori uchun: , MR MP MRP K K bu yerda K MRP - kapitalning chekli daromadliligi; K MP - kapitalning chekli mahsuloti; MR - chekli daromad. Yer bozori uchun: MR MP MRP t t . Raqobatlashgan bozor sharoitida chekli daromad bozor narxiga teng, ya’ni P MR bo‘lgani uchun, chekli mehnat daromadliligi quyidagicha aniqlanadi: , P MP MRP L L (2). Chekli daromadning kamayish qonuniga ko‘ra, mehnatning chekli mahsuloti ish vaqti uzayishi bilan kamayib boradi. Demak, L MRP chizig‘i narx o‘zgarmasa ham pastga qarab yo‘nalgan bo‘ladi (16.1-rasm). Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling