O‘zbеkiston rеspublikаsi


(baholarning o‘sish sur’ati)


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

(baholarning o‘sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflatsiya 
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin: 
P-P-π = ---------- 
P-1 bunda: π– yillik inflatsiya sur’ati; 
- joriy yilning narxlar indeksi; P-1 - o‘tgan yilning narxlar indeksi. 
Inflatsiyani miqdoran o‘lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» 
deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o‘sishi 
sharoitida inflatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini 
beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflatsiya darajasiga bo‘lish kifoya: 
Baholar ikki martaga 70 
oshishi uchun zarur = ---------------------- 
yillar soni π 
Misol uchun, yillik inflatsiya darajasi 7 % ga teng bo‘lsa, taxminan 10 yilda 
baholar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10). 
Real YaIM va jamg‘armaning necha yildan so‘ng ikki marta oshishini 
hisoblash zarur bo‘lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi. 
22.2. Inflatsiyaning turlari. Talab va taklif inflatsiyasi 
Talab inflatsiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab 
chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo‘lmay qolgan sharoitlarda kelib 
chiqadi. Ya’ni, to‘liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish 
imkoniyatlari o‘sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real 
tovarlar bahosining ko‘payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflatsiyasi kelib 
chiqadi. Yoki, oddiy so‘zlar bilan aytganda, 
«haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflatsiyasini 
keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to‘liq bandligi va ish haqining 
oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflatsiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, 
ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko‘pgina omillarga bog‘liq. 
Iqtisod pasayish holatida bo‘lganda mamlakatda yalpi talab oshsa, ishlab 
chiqarish hajmi ko‘payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o‘zgarmaydi 
yoki kam miqdorda o‘zgaradi. Baho o‘zgarmasligining sababi shundaki katta 
hajmdagi bo‘sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o‘zgarmas bahoda ishga 
tushirish mumkin bo‘ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab 


295 
qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o‘zi kifoya hamda qo‘shimcha stanok 
sotib olishga hojat yo‘q. 
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to‘la ish bilan bandligiga erishishdan 
oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo‘sh turgan resurs va 
zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to‘liq jalb qilinadi, natijada ular talabning 
o‘sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko‘payib 
ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling