O‘zbеkiston rеspublikаsi
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yh – Yp YuZ= 100 Yp
21.3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari.A. Ouken qonuni
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi. Yh – Yp YuZ= 100 Yp 291 Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi. Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo‘ladi. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi.26 Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi 37 . Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling