O‘zbеkiston rеspublikаsi


 Yalpi taklif grafigi va omillari


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet280/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

23.3. Yalpi taklif grafigi va omillari 
Yalpi taklif deganda muayyan baholar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif 
qilinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Yalpi taklif 
tushunchasi ko‘pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Baholarning 
yuqori darajasi ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag‘bat 
yaratadi va aksincha past baholar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib 
keladi. Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan baholar darajasi o‘rtasida 
to‘g‘ri aloqa mavjud
41
.38 Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi baholar o‘sib borishi 
bilan o‘sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig‘i alohida tovar 
taklifi egri chizig‘idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi, ko‘tarilib 
boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat (23.2-rasm). 
Bunday holat yalpi taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan 
izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga kiritib 
yuboriladi. 
Yalpi taklifning keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi uning 
potensial hajmidan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida erishishi mumkin bo‘lgan hajmidan 
kamdir. 
41
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 288 


304 
Demak, bu kesma iqtisodiyot pasayish bosqichida bo‘lgan va katta miqdordagi 
resurslardan foydalanilmagan sharoitni ko‘rsatadi.
23.2-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘i 
Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni esa baholar darajasiga ta’sir ko‘rsatmagan 
holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab chiqarish hajmi oshishi baholar 
darajasi o‘zgarmay qolgan sharoitda ro‘y beradi. 
Yalpi taklif egri chizig‘ining Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa 
muddatda amal qilishini xarakterlaydi. Bu kesmada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi 
shartlarga tayanadi: 
˗ 
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to‘liq band bo‘lmagan sharoitda amal 
qiladi; 
˗ 
baholar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam 
ta’sirlanadi; 
˗ 
real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va bozor 
tebranishlaridan tez ta’sirlanadi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling