O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet283/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

23.4-rasm. Yalpi taklif egri chizig‘ining keyns kesmasidagi 
muvozanati
43
 
 
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmi aynan Ye ekanligini isbotlash uchun bu 
hajmni Y1 deb hisoblaymiz. U holda ADxizmatlar hajmining ortishi ishlab chiqarishni Ye darajaga pasaytirilishiga olib keladi. 
43
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 291 


307 
Muvozanatli ishlab chiqarish hajmini Y2 deb hisoblasak, aksincha, ASoqibatda korxonalarda tovar zahiralari kamayib ularni ishlab chiqarishni Ye darajaga 
oshirishga undaydi. Shunday qilib aynan yalpi taklif va yalpi talab egri chiziqlarining 
kesishish nuqtasigina AD-AS modelda movozanat nuqtasi deyiladi. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, yalpi taklif egri chizig‘ining keyns 
kesmasida yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmining oshishi yoki 
kamayishiga olib keladi, baholar darajasi esa o‘zgarmaydi. 
Yalpi talab egri chizig‘ini AS egri chizig‘ining vertikal kesmasida o‘zgarsa bu 
ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi va faqat baholar darajasi o‘zgaradi, 
xolos. Ya’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi. 
Yalpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o‘zgarishi faqat baholar darajasi 
o‘zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to‘liq bandlik sharoitida 
o‘zgarmay qoladi. 
23.5-rasm. Yalpi taklif o‘zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri 
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o‘sib borishi bilan kuzatilgan yalpi 
talabning ko‘payishi talab inflatsiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. 
Yalpi taklif o‘zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli 
darajalariga ta’sirini 23.5-rasm misolida ko‘rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar 
ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 
dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko‘tariladi, ya’ni 
stagflyasiya ro‘y beradi. 
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog‘liq bo‘lmagan omillardan 
birortasi o‘zgarib, yalpi taklifning o‘zgarishiga olib kelsin. Ya’ni, yerning bahosi 
pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga 
ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig‘i AS1dan AS3 holatga 
siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab 
chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o‘sish 
holati ro‘y beradi. 
Yalpi taklif va yalpi talab o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy 
beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga 


308 
kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi 
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul 
muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi 
uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish real hajmi o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy 
iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining 
amal qilishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan 
AQShda, keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning 
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”
44

Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi 
o‘rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi. 
Shu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri 
makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi 
taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag‘batlantirisho‘ yoki 
cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosati qo‘llaniladi. 
Yalpi talabni rag‘batlantirish siyosatining ko‘rinishlariga daromadlarni 
o‘stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni cheklash 
tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag‘batlantirish siyosatida investitsiyalarni 
rag‘batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni 
qo‘llab quvvatlash va h.k. choralar kiradi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling