O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet284/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Qisqа хulosаlаr 
AD-AS modeli umumiy makroiqtisodiy muvozanat modeli bo‘lib milliy 
bozorni qisqa va uzoq muddatga tahlil qilish imkonini beradi. AD-AS modeli 
iqtisodiy tebranishlarni tahlil qilish va baholash uchun asos yaratadi. 
Yalpi talab – uy xo‘jaliklari, korxonalar, hukumat va chet ellik xaridorlarning 
baholarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan yakuniy tovarlar va 
xizmatlarning umumiy hajmiga bo‘lgan talabidir. 
Baholar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ifoda etuvchi chiziq yalpi talab egri chizig‘i deb ataladi AD egri chizig‘i 
traektoriyasini pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi bilan hamda baho omillari 
bo‘lgan foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import xaridlari samarasi bilan 
izohlash mumkin. Bahodan boshqa omillar ta’sirida AD egri chizig‘i o‘ngga yoki 
chapga siljiydi. 
AS egri chizig‘i keyns, oraliq va klassik kesmalarni o‘z ichiga oladi. Uzoq 
muddatli davrlarda AS egri chizig‘i vertikal, qisqa muddatga esa gorizantal bo‘ladi. 
44
B.Yu.Xodiev, A.Sh.Bekmurodov, U.V.G‘ofurov, B.K.Tuxliev. O‘zbekiston Respublikasi 
birinchi Prezidenti Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida 
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: 
Iqtisodiyot, 2009. , 14- b. 


309 
Shuning uchun AD dagi o‘zgarishlar ishlab chiqarish hajmi, bandlik hamda baholar 
darajasiga bu kesmalarda turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Yalpi talab va yalpi taklif hajmlari 
o‘zaro mos kelgan, ya’ni AD va AS egri chiziqlari kesishgan nuqta makroiqtisodiy 
muvozanat nuqtasi, unga mos keluvchi baholar darajasi baholarning muvozanatli 
darajasi deb aytiladi. 
AS egri chizig‘i ishlab chiqarishga jalb qilingan resurslar hajmi ko‘payishi 
hamda chngi texnologiyalarning kiritilishi hisobiga o‘ngga siljiydi. Bu holat iqtisodiy 
o‘sish deb ataladi. AS egri chizig‘ining chapga siljishi stagflyasiyadan dalolat beradi. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelish sababini yalpi talab va 
yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanat buzilishi bilan izohlash mumkin. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling