O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- I = e - dR + γY
- Qisqа хulosаlаr
I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan.
Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi: I = Ireja+ γY bu yyerda: Δ I It –I t-1 γ = ----------- = ------------------ Δ Y Yt - Yt-1 Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin: 49 49 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 517 317 I = e - dR + γY YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi. Qisqа хulosаlаr Iste’mol xarajatlarini YaIMning eng yirik komponenti bo‘lib, uning hajmini avvalo uy xo‘jaliklarining tasarrufidagi daromadi belgilaydi. Aholining daromadlari miqdori oshib borishi bilan undagi jamg‘armalar ulushi ham oshib boradi. Iste’mol va jamg‘arish hajmi, shuningdek iste’molchilar boyliklari darajasiga, narx va soliq o‘zgarishlari, iste’molchilarning qarzi darajasiga va boshqa omillarga bog‘liq. Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik aholi daromadlarining qancha qismi iste’molga va qancha qismi jamg‘armaga sarflanganligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardir. Iste’molga chegaraviy moyillik (MRS) iste’moldagi o‘zgarishlarni ixtiyordagi daromad darajasidagi o‘zgarishga bo‘lib topiladi. MRS ning katta yoki kichikligi fiskal siyosat samaradorligini belgilovchi omillardan biridir. Investitsiya yoki kapital qo‘yilmalar hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan mablag‘ hisoblanadi. Investitsiya xarajatlari dinamikasi, foiz stavkasi, kutilayotgan sof foyda normasi va boshqa bir qancha omillarga bog‘liq. Investitsiya hajmining YaIM hajmiga bog‘liqligini xarakterlovchi model - akselerator modeli deyiladi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling