314
Iste’moldagi o‘zgarishlarning shu o‘zgarishni keltirib
chiqargan tasarrufidagi
daromad o‘zgarishdagi ulushi iste’molga chegaralangan moyillik deyiladi.
47
Δ C
MPC = -----------100
Δ Yd
Bu yerda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga
chegaralangan
moyillik.
Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko‘ra
ixtiyordagi daromad
410 sh.b.dan 430 sh.b.kacha oshgan holatda MPSni hisoblaymiz.
Δ C =420 - 405 =15; Δ Yd
=430 - 410 = 20;
MPC = (15/20) 100=75%;
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 % ga (yoki bir birlikka) o‘zgarganda iste’mol 75
% (yoki 0,75)ga o‘zgaradi.
Jamg‘arishdagi o‘zgarishning ixtiyordagi daromad o‘zgarishdagi
ulushi
jamg‘arishga chegaralangan moyillik deyiladi.
Δ S
MPS = ------------100
Δ Yd
Bu yerda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg‘arishga
o‘rtacha moyillik.Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ Yd
= 430 - 410 = 20
Δ S = 10 - 5 = 5
MPS = (5/20) 100 = 25%;
Shunday qilib, iste’molga chegaralangan moyillik 0,75 ni tashkil etgan bo‘lsa,
jamg‘armaga chegaralangan moyillik 0,25 ni tashkil etadi. Daromadning o‘sgan
qismi yoki iste’molga, yoki jamg‘armaga sarflanadi. Shu sababga ko‘ra iste’mol va
jamg‘arishga o‘rtacha moyillik ko‘rsatkichlari yig‘indisi 100%ga
yoki koeffitsient
ko‘rinishida 1ga teng bo‘ladi.
MPC + MPS =100% yoki 1.
MPC va MPS ancha barqaror ko‘rsatkichlar bo‘lib, juda sekin o‘zgarishga
uchraydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: