O‘zbеkiston rеspublikаsi
Avtonom xarajatlar multiplikatori
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
25.4. Avtonom xarajatlar multiplikatori
Avtonom xarajatlarning har qanday o‘sishi, ya’ni ΔA = Δ (a+I+G+Xn) mul’tiplikator samarasi hisobiga yalpi daromadlarning ko‘proq miqdorga (ΔY) oshishiga olib keladi. Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori muvozanatli YaIM o‘zgarishning avtonom xarajatlarning har qanday komponenti o‘zgarishiga nisbatini ko‘rsatadi: m = ΔY /ΔA: Bu yerda: m - avtonom xarajatlar mul’tiplikatori; ΔY – muvozanatli YaIMning o‘zgarishi; ΔA – avtonom xarajatlarning Y o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarishi. Mul’tiplikator - yalpi daromadlar avtonom xarajatlarning dastlabki o‘sishi (kamayishi)dan necha marta ortiq o‘sganligini (kamayganligi) ko‘rsatadi. Avtonom iste’mol ΔCA miqdorga o‘ssa, bu yalpi xarajatlar va daromadlar (Y) ning o‘sha miqdorda o‘sishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida iste’molning ikkinchi marta (daromadlar oshishi hisobiga) MPC x ΔCA miqdorda o‘sishiga olib keladi. Keyinchalik yalpi xarajatlar va daromadlar MPCxΔCA miqdorda yana o‘sadi. Shunday qilib, «daromad- xarajat» ko‘rinishidagi doiraviy aylanish bo‘yicha jarayon davom etaveradi. ΔCA↑ >AD↑ Y↑ C↑ AD↑ Y↑ C↑ AD↑ Y↑ va hokazo. Ushbu oddiy vaziyatdan ko‘rinib turibdiki, yalpi daromadlar (Y), avtonom iste’molning dastlabki o‘zgarishi ΔCA↑ ga nisbatan bir necha marta ko‘p o‘zgaradi. Bu shuni bildiradiki, C, I, G yoki Xn miqdorlardagi oddiy o‘zgarishlar ham ishlab chiqarish hajmi va bandlik darajalarida katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, multiplikator 323 iqtisodiy beqarorlik omili hisoblanadi. Shuning uchun ham davlatning budjet-soliq siyosatidagi asosiy vazifalardan biri bo‘lib, o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar tizimini yaratish hisoblanadi. Bu tizim iste’molga chegaralangan moyillikni kamaytirish orqali multiplikatsiya samarasini pasaytiradi. Multiplikator samarasi mohiyatini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Aytaylik, dastlab iqtisodiyotga investitsiyalar miqdori 5 mlrd. so‘mga ko‘paysin. Bu, o‘z navbatida ish haqi, renta, foyda ko‘rinishda uy xo‘jaliklari daromadiga aylanadi. Agar iste’molga chegaralangan moyillikni 0,75 ga yoki 75 %ga teng deb olsak. Uy xo‘jaliklari bu daromadning 75 foizini, ya’ni 3,75 mlrd. so‘mni iste’mol xarajatlariga sarflaydi, qolgan 1,25 mlrd. so‘mni jamg‘aradi. Sarflangan 3,75 mlrd. so‘m boshqalar uchun daromad hisoblanadi. O‘z navbatida ular ham 3,75 mlrd. so‘mning 75 foizini iste’mol uchun sarflaydilar va 25 foizini jamg‘aradilar. Bu jarayon oxirgi so‘m jamg‘arilmaguncha davom etadi. Bunda: m = ΔY / ΔA = 20 / 5 = 4 va m = 1 / (1-0,75) = 4 va bundan : ΔY 1 Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling