325
YaIMni to‘liq bandlikning noinflatsion darajasigacha
pasaytirish uchun yalpi
talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo‘lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Yo) potensial (Y*) hajmidan ko‘p
bo‘lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Yalpi talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda
inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda yalpi talab hajmining yalpi
taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo‘lishi oqibatida
haqiqiy va potensial YaIM
hajmlari o‘rtasida inflatsion uzilish ro‘y beradi (25.4-rasm). Bu uzilishni bartaraf
qilish uchun
jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda yalpi talabni
cheklash zarur.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi.
Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔY)
qisqarish quyidagicha
bo‘ladi:
ΔY=Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori
miqdori.
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini
qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo‘lib,
uning
xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o‘laroq bu
modelda baholar darajasi va ish haqi o‘zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu
sababga ko‘ra tovar moddiy zahiralarining o‘sishi qisqa
muddatda makroiqtisodiy
muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: