O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazorat va muhokama uchun savollar


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet293/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. 
Daromad, iste’mol va jamg‘armalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka izoh 
bering? 
2. 
Avtonom iste’mol kategoriyasining mohiyatini tushuntirib bering. 
3. 
Iste’mol va jamg‘arish grafiklaririni izohlang. 
4. 
Iste’mol va jamg‘armaga o‘rtacha va chegaraviy moyillik ko‘rsatkichlarini 
izohlab bering? 
5. 
Qaysi mablag‘larni investitsiya tarkibiga kiritamiz? 
6. 
Akselerator modelini tushuntirib bering. 
7. 
Kutilayotgan sof foyda normasi o‘zgarishi qaysi sabablarga ko‘ra ro‘y 
beradi va u investitsiya hajmiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. 


318 
 
25–bob. KEYNSNING TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA 
MAKROIQTISODIY MUVOZANAT MODELI 
 
25.1 Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi asoslari 
 
Klassik maktab namoyondalari bozorlar va baholarning umumiy muvozanati 
nazariyasini yaratdilar. Ularning umumiy muvozanat konsepsiyasiga ko‘ra 
iqtisodiyotda faqatgina to‘liq bandlilik sharoitidagi muvozanat mavjud bo‘lishi 
mumkin. Bunday xulosa J.B.Seyning bozorlar qonuniga tayanadi. Bu qonunga ko‘ra 
mehnat taqsimotiga asoslangan iqtisodiyotda har bir sub’ektning ishlab chiqarishi bir 
vaqtning o‘zida boshqa sub’ektlarning ishlab chiqarish natijalariga talab hisoblanadi. 
Oxir-oqibat yalpi talab yalpi taklifga teng bo‘ladi. Klassik iqtisodchilar fikriga ko‘ra 
AD ≠ AS holati ro‘y bermaydi, umumiy xarajatlar miqdori etishmay qolgan, ya’ni 
AD< AS holati ro‘y bergan sharoitda ham baho, ish haqi va foiz stavkasi kabi 
dastaklar ishga tushadi va natijada xarajatlar miqdorining kamayishi ishlab 
chiqarishning real hajmi, bandlik va real daromadlar miqdorining kamayishiga olib 
kelmaydi. 
Makroiqtisodiy muvozanatning klassik modeli ishlab chiqarish hajmi 
resurslarning bandliligi va ishlab chiqarish texnologiyalarining funksiyasi 
hisoblanadi, va egiluvchan baholar mexanizmi tomonidan potensial darajada tutib 
turiladi degan shartlarga tayanadi. Egiluvchan baholar mexanizmi hisobiga bozor 
iqtisodiyoti barcha mavjud resurslarning to‘liq bandlilgini ta’minlab turadi. 
Klassik makroiqtisodiy muvozanat modelining o‘ziga xos xususiyati pulning 
neytralligi prinsipini ko‘zda tutishidir. Bu model pul massasi real ishlab chiqarishga 
hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi degan prinsipga asoslanib tuziladi. Klassiklar 
modelida pul bozor agentlariga faqatgina bitimlarga xizmat qilishi, ya’ni oldi-sotti 
jarayonida sof texnik vazifalarni bajarishi uchungina kerak. Bu asosga ko‘ra 
klassiklar tomonidan klassik dixotomiya konsepsiyasi shakllantirilgan. Klassik 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   289   290   291   292   293   294   295   296   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling