O‘zbеkiston rеspublikаsi
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
24.3. Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funksiyasi YaIMning ikkinchi komponenti bo‘lgan investitsiyalarga to‘xtalib o‘tamiz. Investitsiyalar yoki kapital qo‘yilmalar – bu, hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo‘yilgan kapitaldir. O‘zining moliyaviy shakliga ko‘ra, ular foyda olish maqsadida xo‘jalik faoliyatiga qo‘yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra investitsiyalar yangi korxonalar qurish, uzoq muddat xizmat ko‘rsatuvchi mashina va asищи-uskunalarni yakuniy sotib olishga hamda shu bilan bog‘liq bo‘lgan aylanma kapitalning o‘zgarishiga ketgan xarajatlardir. Shuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy qurilishiga ketgan xarajatlar ham kiritiladi. 47 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013): 65 315 Investitsiyalarning turli guruhlash mumkin. Makroiqtisodiy tahlilda eng ko‘p duch kelinadigan guruhlashda investitsiyalar investitsiyalash obyektiga ko‘ra uch turga bo‘linadi. 1. Ishlab chiqarish investitsiyalari; 2. Tovar-moddiy zahiralariga investitsiya; 3. Uy-joy qurilishiga investitsiya. Makroiqtisodiy tahlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi qaraladi 48 . Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar hajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. Chunki investorlar uchun qarz bahosi ortib, ular ko‘rsatadigan foyda normasini pasaytirib qo‘yadi. Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar hajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proporsional tarzda o‘zgarishini ko‘rsatadi. Avtonom invstitsiya funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: I = e - dR Bu yerda: I – avtonom investitsiya xarajatlari; e – foiz stavkasi 0 ga teng to‘lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal hajmi. U tashqi iqtisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, yer, foydali qazilma boyliklari va boshqalar bilan belgilanadi; R – real foiz stavkasi; d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o‘zgarishga ta’sirchanligini miqdoriy belgilovchi empirik koeffitsient. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling