O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Jamg‘arish grafigi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

24.2-rasm. Jamg‘arish grafigi 
 
Mavzuning birinchi savolida keltirilgan gepotetik ma’lumotlar va grafiklarga 
tayanib iste’mol funksiyasini yozamiz: 
C = a + b Yd , bu yerda: a – avtonom xarajatlar; Yd – tasarrufidagi daromad 
(Yd =Y-T), bu yerda: T – soliqlar; 
b – iste’mol hajmining tasarrufidagi daromadga bog‘liqligini ifodalovchi koeffitsient, 
boshqacha aytganda iste’molga chegaralangan moyillik. 
ΔC 
b = --------- 100;
Δ Yd 
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, tasarrufidagi daromad hajmiga va 
iste’mol hajmining tasarrufidagi daromad o‘zgarishiga ta’sirchanligiga bog‘liq. 
Jamg‘arish grafigini ham iste’mol grafigiga o‘xshab algebraik ifodalash mumkin
ya’ni jamg‘arish funksiyasi quyidagi ko‘rinishga ega: 
S = -a + (1 -b) Yd 
Iste’mol va jamg‘arish hajmiga tasarrufidagi daromad dinamikasidan tashqari 
quyidagi omillar, to‘g‘rirog‘i bu omillardagi o‘zgarishlar ham ta’sir ko‘rsatadi: 
1. 
Uy xo‘jaliklari daromadlari. 
2. 
Uy xo‘jaliklarida to‘plangan mulk hajmi. 
3. 
Baholar darajasi. 
4. 
Iqtisodiy kutish. 
5. 
Iste’molchilar qarzlari hajmi. 
6. 
Soliqqa tortish hajmi. 
Dastlabki besh omil ta’sirida iste’mol va jamg‘arish grafiklari o‘zaro teskari 
tomonga siljiydi. Bu besh omil ta’sirida joriy tasarrufidagi daromad tarkibida iste’mol 
va jamg‘arish ulushi nisbatlari o‘zgaradi. Soliqqa tortish darajasining o‘zgarishi 
ixtiyordagi daromad hajmini o‘zgartirgani tufayli uning ta’sirida iste’mol va 
jamg‘arish grafiklari bir tomonga qarab siljiydi. Iste’mol funksiyasini aniqlash 
borsidagi tadqiqotlar, uning hajmi shuningdek 6)aholining daromadlari hajmi va 


313 
to‘plagan mulki ko‘lamiga ko‘ra tabaqalanishi darajasi hamda 7) aholining soni va 
yoshiga ko‘ra tarkibiga ham bog‘liqligini ko‘rsatdi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling