O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

26.6. Pul bozorida muvozanat 
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun 
pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)

darajasida qayd 
qilingan deb olamiz. 
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining 
real zahirasi miqdorini ko‘rsatadi. 
(M/P)

= M*/P* 
Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi; 
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o‘zgaruvchi )ni ko‘rsatadi. 26.1-
rasm real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog‘liq bo‘lmagan 
vaziyatni ko‘rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda 
ko‘rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bu holat foiz stavkasi 
qanchalik o‘zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o‘zgarmasdan qolgan 
vaziyatni aks ettiradi. 
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi 
M*/P* ga teng va grafikda Ms to‘g‘ri chiziq ko‘rinishiga ega bo‘ladi. 
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri 
chiziq ko‘rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o‘zaro teng, (9.2-
rasm). 
O‘zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz 
stavkasining o‘zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o‘z aktivlari tarkibini 
o‘zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta’sir etib 
uni o‘zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo‘lsa, pul taklifi unga 
bo‘lgan talabdan yuqori bo‘ladi. Iqtisodiy agentlar o‘zlarida to‘planib qolgan ortiqcha 
naqd pullarni aksiya va obligatsiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi. 
Yuqori foiz stavkasi, ta’kidlanganidek, obligatsiyalar kursining pastroq 
darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsiyalarni (kelajakda foiz stavkasi 
pasayishi oqibatida ular kursi o‘sishini ko‘zda tutib) sotib olish foydali bo‘ladi. 


333 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling