O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Pulga talab grafigi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet304/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

26.1-rasm. Pulga talab grafigi 
 


330 
 
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig‘i (likvidliligi) ga 
talab formulasi quyidagicha bo‘ladi: 
(M/P)d =L (R, Y); 
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad. 
Chiziqli bog‘liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo‘ladi: 
(M/P)d = kY - hR 
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga 
ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar; – foiz stavkasi (real foiz stavkasi). 
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflatsiya sur’atini ayirib topiladi. 
Daromad darajasining o‘zgarishi foiz stavkasi o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda 
ham pulga talabning ko‘payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri 
chizig‘ining siljishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. 
 
26.4. Pul taklifi. Bank multiplikatori 
 
Pul taklifi (M) o‘z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С) va zarur 
bo‘lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan 
depozitlarni oladi
55

M = С+D. 
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni 
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida. 
“Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida 
banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarish mutlaq 
huquqiga ega”
56
. Ammo pul taklifini ko‘paytirish imkoniga yoki pul yaratish 
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to‘lov vositalari 
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning 
depoziti 2000 so‘mga o‘sgan bo‘lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo‘lganda (zahira 
normasi 
– 
tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab 
turish normasi), u 400 so‘mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so‘mni qarzga 
beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so‘mga ko‘paytiradi va u endi 
2000+1600=3600 so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000 
so‘mdan tashqari yana 1600 so‘m qarz oluvchilar qo‘lida qoladi. Agar, 1600 so‘m 
yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo‘lgan zahira normasida 
u 320 so‘mni zahirada qoldirib, 1280 so‘mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul 
taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so‘nggi pul birligidan foydalanishga 
qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000 
55
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 87 
56
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida” gi 
Qonuni, 1995-yil, 21- dekabr /www.lex.uz 


331 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling