O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet312/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

27.3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi soliqlarining obyektiga ko‘ra guruhlanishi 
Tog’ri soliqlar 
Egri soliqlar 
1. Yuridik 
shaxslar 
foydasidan 
(daromadidan) olinadigan soliq 
2. Jismoniy shaxslar daromadidan 
olinadigan soliq 
3. Yer solig’i 4.Mol-mulk solig’i 
5.Yer 
osti 
boyliklaridan 
foydalanganlik uchun soliq 
7. Suv resurslaridan foydalanganlik 
uchun soliq 
8. Obodonlashtirish va 
infiratuzilmani rivojlantirish solig’i 
1.Qo‘shilgan qiymat solig’i 2.Aksiz solig’i 
3. Jismoniy 
shaxslardan 
transport 
vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va 
suyultirilgan 
gaz 
ishlatganlik 
uchun 
olinadigan soliq 
4. Bojxona to’lovlari va boshqalar 
To‘g‘ri soliqlarni bevosita soliq to‘lovchilarning o‘zi tulaydi, ya’ni soliqni 
huquqiy to‘lovchisi ham, hakikiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. to‘gri soliq 
yukini boshqalarga ortish Holati bu yerda bo‘lmaydi. Bu soliqlarga hamma 
daromaddan tulanadigan va barcha mulk soliqlar i kiradi. 
“To‘gri soliqlardan to‘gridan-to‘gri daromaddan soliq to‘langanligi uchun 
soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga 
koldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini 
rivojlantiradi. Bu soliqlar ning stavkalari kupaytirilsa, biznes imkoniyatlari kamaya 
borib, iqtisodiy rivojlanishni susaytiradi. Demak bu guruh soliqlarning stavkalari 
to‘gridan-to‘gri bozor iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘langandir”
61

Egri soliqlar ni huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmatni) yuklab 
yuboruvchilardir (xizmat ko‘rsatuvchilardir). Lekin soliq og‘irligini haqiqatdan ham 
budjetga to‘lovchilari tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilardir, ya’ni xakikiy 
soliq to‘lovchilar bu yerda yashiringan. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) kiymati ustiga 
ustama ravishda qo‘yiladi. 
Bu soliqlarning ijobiy tomoni mamlakatda ishlab chikarilgan tovarlarni chetga 
chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlar ko‘p bo‘lishiga yordam 
beradi. Egri soliqlar orkali tovarlar kiymati oshirilmasa, bozorlarda ularning 
61
Malikov T.S. Soliq va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. T.: “Akademiya”, 2002, 56-b. 


342 
taqchilligi ortadi. Egri soliqlar stavkasining asosli ravishda oshirilishi korxonalar 
faoliyatining moliyaviy yakuniga to‘gridan to‘gri ta’sir etmaydi, ya’ni investitsion 
faoliyatini qiskartirmaydi. Ammo soliq stavkasi tahlil kilinmasdan oshirib yuborilsa 
korxonalar mahsulotlarini sotishda qiyinchilikka uchrab, foydasi va budjetga 
to‘lovlari kamayishi mumkin. 
Bu soliqlarning yana bir tomoni muomaladagi ortiqcha pul massasini 
kamaytirib, inqirozni jilovlab boradi. Birok bu soliqlar mehnat bilan band bo‘lgan 
aholining real daromadini pasaytiradi. Korxonalarda to‘gri soliqlar stavkasini 
kamaytirish hisobiga berilgan imkoniyat ko‘prok mahsulot ishlab chiqarishni 
ko‘paytirib, tovarlar assortimentining oshishini ta’minlashi kerak. 
Jaxon soliq amaliyotida to‘g‘ri va egri soliqlar nisbatiga karab u yoki bu 
mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi yoki iqtisodiy kiyinchiliklarni borligini tahlil 
qilib berish mumkin. Masalan. AQShda to‘g‘ri soliqlar salmog‘ining budjet 
daromadida 90 foizga yakin bO‘lishi bu yerda rivojlangan bozor iqtisodiyoti 
mavjudligidan darak beradi. 
Egri soliqlar tarkibiga QQS, aksiz solig‘i, bojxona boji, yer osti boyliklaridan 
foydalanish soliqlari kiradi. Yuqorida aytib utilganidek, to‘gri va egri soliqlar yagona 
soliq tizimini tashkil etib bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan. Umumiy soliq summasi 
o‘zgarmagan holda birining stavkasini kamaytirish ikkinchisini stavkasini oshirishni 
talab etadi. 
Soliqlarning umudavlat (respublika) va mahalliy soliqlarga bulinishi xukumat 
idoralarining respublika xukumati va mahalliy xukumatlarga bo‘linishi asosida kelib 
chiqadi. Har bir xokimiyat idoralari O‘zlarining bajaradigan muhim vazifalaridan 
kelib chiqib, O‘z budjetiga va uni ta’minlaydigan soliqlar ga ega bO‘lishi kerak. 
Respublika xukumati umumdavlat mikyosida katta vazifalarni mudofaa, xavfsizlikni 
saqlash, tartib intizom infrastrukturasini yaratish, mexnatkashlarga ijtimoiy 
ximoyasini tashkil etish va boshqa bir kator yirik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun 
uning budjeti ham soliqlar i ham salmokli bo‘lishi shart. QQS, aksiz solihi, yuridik 
shaxslarning daromadi (foydasi)dan, fuqarolar daromadidan olingan soliqlar 
respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliqlar ining muhim xususiyati shundaki, 
respublika budjetiga tushadigan soliqlar dan mahalliy budjetlarni boshqarib borish 
uchun ajratma sifatida tushushi mumkin. Bordi- yu, ajratma etmasa subvensiya yoki 
subsidiya beriladi. Agar kelgusi yil mahalliy budjetlarning o‘z manbalari (soliqlar i) 
kupayib kolsa, respublika soliqlar dan ajratma berishning xojati kolmaydi. 
Respublika va mahalliy soliqlar yagona mohiyatiga ega bo‘ladi, budjetga tulanishi 
lozim bo‘lgan to‘lovlardir. 
Mahalliy soliqlar xukumatlar bajaradigan vazifalariga karab belgilanib, ularga 
doimiy va to‘liq biriktirib beriladi. Mahalliy hukumatlar asosan mexnatkashlarga 
yakin bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni maktab, sog‘likni saqlash, 
madaniyat, maorif, shahar va kishloklar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. 
Lekin bu soliqlar va yig‘imlar ularning budjet Harajatlarining 30-40 foizini koplaydi, 
holos. Keyingi vaktlarda mahalliy budjetlar daromadlari salmog‘ini 50-60 foizga 


343 
etkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy budjetlar daromadlarini 
kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega 
bo‘lgan mahalliy xukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari mumkin. 
Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy 
soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular fag‘at shu xududning budjetiga tushadi. 
Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi. 
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu budjetlarning 
daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir. 
Bu masalani yechishda ilgari ko‘rsatganimizdek xududdan respublika budjetiga 
tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig‘i va 
boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini 
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya 
(maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‘z 
xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha 
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir. 
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika 
hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o‘z xududlaridagi soliqlar to‘liq 
undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg‘amlik kayfiyatini kuchaytiradi. 
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat 
budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish 
darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat 
iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   308   309   310   311   312   313   314   315   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling