O‘zbеkiston rеspublikаsi


Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet313/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
27.4. Davlat budjetining soliqlarga ko‘ra tarkibi.Soliq yuki 
Respublikamizda 1992 yilda jami 24 turdagi soliqlar va yig‘imlar amalda 
bo‘lgan bo‘lsa ularning soni 2000 yili 17 tagacha, 2017 –yilga kelib esa 10 tagacha 
qisqardi. Soliqlar turining qisqarishi ayrim soliqlarning bekor qilinishi, ayrimlarini 
esa qo‘shib yuborish-unifikatsiya qilish hisobiga ta’minlandi. Masalan ijtimoiy 
infratuzilma solig‘iga obodonlashtirish yig‘imi qo‘shib yuborilgan bo‘lsa, 2006 yilda 
ekologiya solig‘i mutlaq bekor qilindi.
2000-2017 yillarda foyda solig‘i stavkasi 31 %dan 8 foizga tushirildi,
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlaridan olinadigan yagona soliq unifikatsiya qilindi, 
ya’ni unga nobudjet davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan 
yagona yo‘l jamg‘armasi, maktab ta’limini rivojlantirish jamg‘armasiga ajratmalar 
ham qo‘shib yuborildi.
Yagona soliq stavkasi 2007 yilda 13 % ga, 2012 yilda esa 5 % gacha 
pasaytirildi. 
Bu chora tadbirlar iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish imkonini berdi.
Agar davlat budjeti daromaadlarining YaIMdagi ulushi 2000 yilda 28,5 % 
bo‘lgan bo‘lsa 2005 yilda 22,5 % ni 2017 yilda 19,9 % ni tashkil etdi (27.4-jadval).


344 
Bizga ma’lumki Yagona yo‘l jamg‘armasi, Maktab ta’limini rivojlantirish 
jamg‘armas, Pensiya jamg‘armasi va Bandlilikka ko‘maklashish jamg‘armasini o‘z 
ichiga olgan davlat nobudjet fondlariga to‘lovlar ham soliq mazmuniga ega bo‘lib
tovarlarlar va xizmatlar tannarxiga, ularning sotilish bahosi ko‘tarilishiga, 
raqobatbardoshliligi pasayishiga olib keladi, shuningdek korxonalar moliyaviy 
resurslari qisqarishini keltirib chiqaradi. Nobudjet davlat jamg‘armalarini ham 
qo‘shib hisoblanadigan jamlanma budjet daromadlarining YaIMdagi ulushi sifatida 
aniqlanadigan soliq yukining ham kamayishini kuzatishimiz mumkin. 2001-2017 
yillar davomida iqtisodiyotga umumiy soliq yuki 40 foizdan 29 foizgacha 
pasaytirildi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   309   310   311   312   313   314   315   316   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling