352
ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi.
Balanslashgan
byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi.
Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar
pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‘ladi.
Bu holat davlat
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga
nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun
o‘z
xarajatlarini oshirishi, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa,
davriy
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish
paytida esa davlat
xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: