O‘zbеkiston rеspublikаsi


Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet318/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
28.1. Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari 
 
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. 
Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali 
ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi. 
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida 
iqtisodiyotda to‘liq bandlilikni, to‘lov balansining muvozanatini va iqtisodiy 
o‘sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o‘zgartirishni 
o‘z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. 
Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan 
rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa 
muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki 
soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal 
etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish 
ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning 
ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib 
boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini 
maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to‘liq bandlik 
va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda 
cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat 
davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni 
(T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning 
davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab 
inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda 
stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. 
Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat 
xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   314   315   316   317   318   319   320   321   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling