O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
29.1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining majburiy zahiralash normasi 66 Amal qilish sanasi Muddatsiz va muddati 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar bo‘yicha 3 yildan ortiq muddatli depozitlar bo‘yicha Xorijiy valutadagi depozitlar bo‘yicha 01.06.1996 y. gacha 30% 10% 0% 01.06.1996 y. dan 25% 10% 0% 01.12.1997 y. dan 20% 10% 0% 01.03.2000 y. dan 20% 20% 0% 04.07.2004 y. dan 20% 20% 0% 01.02.2005 y. dan 15% 15% 5% 01.09.2007 y. Dan 13 % 13 % 13 % 01.11.2008 y. dan 15% 15% 15% 01.11.2009 y. dan 1 yilgacha bo‘lgan dep.u- n.15 %, 1 yildan 3 yilgacha bo‘lgan depozitlar uchun 12% 10,5% Miliiy valuta singari Bunday pasayish pul multiplikator miqdorining kattalashishiga va albatta iqtisodiyotda pul taklifining ko‘payishiga olib keladi.Tijorat banklari ortiqcha rezervlarining ko‘payishi ularning aktiv operatsiyalarini ko‘paytiriadi va bu iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Pul kredit siyosati vositalari albatta alohida-alohida ishlatilishi shart emas. Aksincha ko‘pincha bir necha vosita birdaniga qo‘llanilishi, ya’ni kompleks siyosat o‘tkazish amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Xo‘sh, pul-kredit siyosatining oqibatlari qanday? Davlat tomonidan amalga oshiriladigan pul-kredit siyosati YaIM, bandlik va baholar darajasiga bevosita ta’sir 66 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari 363 ko‘rsatadi. Faraz qilaylik, iqtisodiyotda ishlab chiqarish qisqarmoqda va ishsizlar soni ortib bormoqda. Bunday sharoitda davlat Markaziy bank orqali pul taklifini biz yuqorida ko‘rib chiqqan vositalar yordamida oshirishga harakat qiladi. Natijada pul taklifi o‘sadi, foiz stavkasi esa kamayadi. Bu esa investitsiyalarga bo‘lgan talabni oshiradi va o‘z navbatida, YaIM miqdorining ko‘payishiga olib keladi. Bu bilan davlat ma’lum davrda o‘z maqsadiga erishadi, ishlab chiqarishning orqaga ketishi to‘xtaydi, ishsizlar soni kamayadi, jamiyatning daromadlari esa oshadi. Pul-kredit siyosatining oqibati to‘g‘risida gapirganda, bu siyosatning qisqa muddatli va uzoq muddatli oqibatlarini farqlash kerak. Agarda qisqa muddatli davrda davlat pul taklifini oshirilishi natijasida YaIM miqdori o‘sishini rag‘batlantirilgan hamda ma’lum darajada samaradorlikka erishilgan bo‘lsa, uzoq muddatli davrda bu choralarning samaradorligi pasayishi mumkin. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling