O‘zbеkiston rеspublikаsi
-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqа хulosаlаr
28.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi,
YaIMga nisbatan %da 64 O‘zbekistonda tashqi qarz va kreditlarni olishda qat’iy va muhim tamoyillar, jumladan, ularning uzoq muddatga va past foizlarda berilishi, qarz berishning hech qanday siyosiy yoki mafkuraviy talab va shartlar bilan bog‘liq emasligi, ularning 64 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari 357 umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 2017 yil yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizni tashkil etishiga imkon yaratdi. Tashqi qarz darajasining past darajada ekanligi mamlakat oltin –valyuta zaxiralarining barqarorligini ta’minlamoqda. Jumladan, 2017 yilda OVZ hajmi ko‘payib, hozirda 12 oydan ziyodroq importni qoplaydigan oltin –valyuta zaxiralari mavjud. Qisqа хulosаlаr Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o‘sish, baholarning barqaror darajasi, to‘liq bandlik va to‘lov balansi barqarorligini ta’minlashdan iborat. Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya qilinadi. Fiskal siyosatl cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi turlarga bo‘linadi. Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, cheklovchi fiskal siyosat iqtisodiyotda haddan ziyod talab tufayli inflatsiya paydo bo‘lgan sharoitda olib boriladi. Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda multiplikator samarasi ta’siri ostida bo‘ladi. Davlat xarajatlari multiplikatori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, chegaraviy soliq stavkasi hamda iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bog‘liqlikka ega. Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshirilishi daraomadlar hajmini ham shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu holat balanslashgan budjet multiplikatori bilan izohlanadi. Iqtisodiy pasayish paytida budjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat natijasida esa tarkibiy taqchilligi yuzaga keladi. Budjet taqchilligini moliyalashtirishning maqbul yo‘li davlat qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni sotish hisobiga qarz olishdir. Respublikamizda o‘tkazilayotgan budjet-soliq siyosati iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, barqaror iqtisodiy o‘sishga shart-sharoit yaratish, yalpi talabni oshirish kabi maqsadlarga qaratilgan. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling