O‘zbеkiston rеspublikаsi


 -rasm. Jam1g‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta’siri


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet347/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

32.3. -rasm. Jam1g‘arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta’siri
78
 
Boshlang‘ich holatda iqtisodiyot kapitalning barqaror zahirasi k*1 ga ega 
bo‘lib, investitsiyalar amortizatsiyaga teng edi. Jamg‘arish normasi oshganidan so‘ng 
investitsiyalar (I’1 - I1) miqdorga o‘sdi, kapital zahirasi (k*1) va amortizatsiya (dk1) 
esa o‘zgarmasdan qoldi. Bunday sharoitda investitsiyalar kapitalning chiqib ketishi 
(amortizatsiya)dan ortiqlik qiladi va kapital zahirasining yangi muvozanat darajasi 
(k*2) ga qadar o‘sishini keltirib chiqaradi. k*2 esa fond bilan qurollanganlik va 
mehnat unumdorligining yuqoriroq darajalari bilan xarakterlanadi. 
Solou modeli jamg‘arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror 
darajasiga erishishning o‘ta muhim omili ekanligini ko‘rsatadi. 
Jamg‘arish normasining o‘sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib 
chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o‘z navbatida kapital bilan 
qurollanganlik darajasining (k) ko‘tarilishi orqali , pirovard natijaga, ya’ni ishlab 
chiqarish hajmining (Y) ko‘payishiga olib keladi. 
Shunday qilib, jamg‘arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida 
yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. 
Ammo jamg‘arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi 
barqaror muvozanat nuqtasiga yetgunga qadar , iqtisodiy o‘sishni jadallashishiga olib 
keladi. 
Jamg‘arish jarayoni ham, jamg‘arish normasining oshishi ham barqaror 
muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o‘sishi 
78
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 
2013): 214 


387 
mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan 
ikkinchi holatiga o‘tilishini ko‘rsatadi xolos. 
Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib 
tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o‘zgarmasligi hamda 
texnologik taraqqiyotning mavjud emasligi. 
Aholi doimiy (n) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining 
ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi 
darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan 
kapital zahirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k 
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada 
saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi 
zarur. Kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi 
sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi 
yoki pasayib ketishi mumkin. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling