O‘zbеkiston rеspublikаsi
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Noaniqlik va tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz? 2. Ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollar va ular o‘rtasidag farq qanday aniqlanadi? 3. Tavakkalchilikni o‘lchash usullari xususida nimalarni bilasiz? 4. Tavakkalchilikka moyillik, befarqlik va undan qochish xususiyatlari nimalarga bog‘liq? 5. Ma’naviy tavakkalchilik deganda nimani tushunasiz? 6. Tavakkalchilikka befarq qaraydigan shaxs qanday xususiyatga ega bo‘ladi? 7. Tavakkalchilikni pasaytirish yo‘llarini izohlab bering. 8. Asimmetrik axborot qanday oqibatlarga olib keladi? 9. Axborotdagi asimmetriyani yuqotish yo‘llari nimadan iborat? 10. Bozor signallari nimani ifodalaydi? 11. Olib sotarlik va uni iqtisodiyotdagi o‘rni nimadan iborat? 118 9-bob. FIRMA VA UNING TASKILIY-IQTISODIY ASOSLARI 9.1. Firma tushunchasi va uning turkumlanishi Bozor xo‘jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo amaliyotda ko‘pincha korxona so‘zi ko‘p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma so‘zlarining terminologik farqlarini ko‘rib chiqsak. 1. Korxona – bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko‘rinishdagi tashkilot bo‘lib, u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug‘ullanadi. 2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo‘lgan va o‘ziga qarashli bo‘lgan korxonada (korxonalarda) mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish maqsadida resurslarni birlashtiradi. Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining 2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati” tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi. Firmalarni turli mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin (9.1-rasm): Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling