O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kutiladigan miqdor
Qisqa xulosalar Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi. Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog‘liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan. Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat. Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq axborot bo‘lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida axborot to‘liq bo‘lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum yo‘qotishlarga olib keladi. Ushbu yo‘qotishlar tavakkalchilikni bildiradi. Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. Ehtimol ikki turga bo‘linadi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan ehtimol va statistik ehtimol. Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha o‘lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o‘rtasidagi farq bo‘lib, u tavakkalchilikdan (yo‘qotishdan) darak beradi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug‘urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro‘i, tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari bo‘lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling