“telekommunikatsion texnalogiyalari va kasbiy ta'lim fakulteti
Download 177.04 Kb.
|
RAJABOV SUXROB FIZIKA MUSTAQIL ISH-3[1] [восстановлен]
- Bu sahifa navigatsiya:
- T11-21 guruh 1-bosqich talabasi "FIZIKA" fanidan tayyorlagan
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VAKOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROTTEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI“TELEKOMMUNIKATSION TEXNALOGIYALARI VA KASBIY TA'LIM" FAKULTETIT11-21 guruh 1-bosqich talabasi "FIZIKA" fanidan tayyorlaganMUSTAQIL ISHI-3BAJARDI: RAJABOV.STEKSHIRDI: ODILOV.YMAVZU : Yuqori chastotali signallarni uzatish usullari.Reja:1.Optik aloqa.2. Elektr kuchaytirgich.3.Xulosa.Optik aloqa — optik diapazondagi elektromagnit tebranish (mas, lazer)par yordamida bogʻlanadigan aloqa. Optik aloqa liniyalari tuzilishi jihatidan radioaloqa li-niyalariga oʻxshaydi. Nurlanishni modulyasiyalash uchun taʼminlash manbaiga yoki generatorning optik rezonatoriga taʼsir qilib, generatsiya jarayoni boshqariladi yoki chiqish nurlanishini maʼlum qonun boʻyicha oʻzgartiradigan qoʻshimcha tashqi qurilmadan foydalaniladi. Chiqish optik uzeli yordamida nurlanish kam sochiluvchi nurga aylanadi va kirish optik uzeliga boradi; bu uzel uni foto oʻzgartirgichning faol sirtiga fokuslaydi. Foto oʻzgartirgichdan chiqqan elektr signallar informatsiyalarni ishlash uzeliga keladi. Signallarni qabul qilishning 2 usuli — toʻgʻri detektorlash va geterodin qabul usullari bor.Taʼsir doirasiga koʻra, Optik aloqa quyidagi asosiy turlarga boʻlinadi: taʼsir doirasi kichik boʻlgan ochiq yer usti tizimlari (yer sirti atmosfera qatlamlaridan oʻtuvchi nurlardan foydalanadi); berk yorugʻlik kanallaridan foydalanuvchi yer usti tizimlari (shaharlararo aloqa bogʻlash, ATS, EHM orasida aloqa bogʻlash uchun); yaqin kosmik aloqa liniyalari; uzoq kosmik aloqa liniyalari. Ochiq Optik aloqa liniyalari Yer bilan kosmos orasida aloqa bogʻlash vositasi sifatida juda muhim. Mac, lazer nuri yordamida 10s km masofaga sekundiga 10s bit tezlik bilan informatsiya uzatish mumkin (bunday masofaga mikrotoʻlqin texnikasi bilan sekundiga fa-qat 10 bit tezlik bilan uzatiladi). Yarim-oʻtkazgichli diod nurlatgichlar, yorugʻlik tolali kabellar va yarimoʻtkazgichli qabul qilgichlardan foydalanib, bir-biridan 10 km gacha masofada minglarcha telefon kanallari boʻlgan aloqa magistrallari qurish mumkin. Optik aloqa si-stemasi magistral va ichki aloqaning asosiy turlaridan biri hisoblanadi.Download 177.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling