“telekommunikatsion texnalogiyalari va kasbiy ta'lim fakulteti


Download 177.04 Kb.
bet6/6
Sana07.03.2023
Hajmi177.04 Kb.
#1245420
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RAJABOV SUXROB FIZIKA MUSTAQIL ISH-3[1] [восстановлен]

Kvant — biror fizik kattalikning diskret (uzlukli) tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik (boʻlinmas) qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi. Mikrosistemaning oʻzaro taʼsirlashishida atom, molekula, yadrolarning yutishi yoki chiqarishi mumkin boʻlgan energiyaning eng kichkina miqdorini ifodalovchi kvant tushunchasini fanga 1900 y.da M. Plank kiritgan. Statsionar holatda atom energiyasi diskret qiymatlarga ega boʻladi. Sistema bir holatdan boshqa holatga oʻtganda uning energiyasi shu holatlar energiyalari farqiga teng energiya kvantini — fotonni chiqaradi yoki yutadi. Energiya kvanti ye ning kattaligi Plank doimiysi 6.62607015x10*-34 bilan toʻlqin chastotasi v ning koʻpaytmasiga teng: e=hv. Energiya (kvant)ning diskret tabiatga ega boʻlishini fotoeffekt, gammaspektroskopiyaga oid tajribalarda isbotlangan.

Kvant elektronika - fizikaning majburiy nurlanish hodisasiga asoslanib, elektromagnit tebranishlarnk va toʻlqinlarni generatsiyalash (hosil qilish) va kuchaytirish usullarini, shuningdek, kvant generator va kvant kuchaytirgich xossalarini hamda ularning qoʻllanishini oʻrganuvchi sohasi. Klassik elektronikada elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlar M. Faradey kashf etgan elektromagnit induksiya hodisasi asosida hosil qilinadi. Elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlarni kuchaytirish esa elektron asboblar va kuchaytirgich kaskadlarida zaryadlangan zarralar oqimi yordamida amalga oshirilsa, K.e. da bu jarayonlar toʻgʻridan-toʻgʻri uzviy bogʻlangan faol modda va optik rezonator (ikki koʻzgu) yordamida amalga oshiriladi. Hozirgi zamon K.e.si 1916 y.da A. Eynshteyn kashf etgan nurlanishni oʻz-oʻzidan (spontan) va majburiy nurlanish (induksiyalangan) ga ajralishi hodisasiga asoslangan.

Xulosa

Kvant bu biror fizik kattalikning diskret tabiatga ega ekanligini tavsiflovchi va uning eng kichik qiymatini koʻrsatuvchi zamonaviy fizikaning asosiy tushunchasi ekan. Klassik elektronikada elektromagnit tebranishlar va toʻlqinlar M. Faradey kashf etgan elektromagnit induksiya hodisasi asosida hosil qilingan ekan.

Foydalanilgan saytlar

1.https://uz.m.wikipedia.

2.https://uz.infocom.uz.

3.https://hozir.org.


Download 177.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling