O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
Qisqa xulosalar 
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik 
sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham 
sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi va bu qabul 
qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog‘liq 
bo‘lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, 
ortiqcha sarflarga, vaqtni yo‘qotishga olib keladi. 
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati 
kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog‘liq ekan, demak u noaniqlik 
va risk (tavakkalchilik) bilan b o‘langan ekan. 
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik
noaniqlik esa baholab b o‘lmaydigan holat. 
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to‘liq axborot 
bo‘lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to‘g‘risida 
axborot to‘liq bo‘lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya’ni ma’lum 
yo‘qotishlarga olib keladi. Ushbu yo‘qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Tavakkalchilikni o‘lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog‘liq. 
Ehtimol ikki turga bo‘linadi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin bo‘lgan 
ehtimol va statistik ehtimol. 
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtacha 
o‘lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija 
o‘rtasidagi farq bo‘lib, u tavakkalchilikdan (yo‘qotishdan) darak beradi. 
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: 
tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya’ni moyil 
emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar. 
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, 
sug‘urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot 
izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. 
Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning 
nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro‘i, 
tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari bo‘lib xizmat 
qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.


117 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling