239
Shunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo‘lsa,
muddatsiz zayomning qiymati
1000
0 05
20000
,
so‘m bo‘ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo‘lsa, zayomning qiymati 5000
so‘mga teng bo‘ladi.
17.4. Yer bozori
Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning
tabiiy resurslari tushuniladi, ya’ni:
yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar.
Bunda biz
yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya’ni uning ustki qatlamidan qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo)
foydalanish mumkin.
Yerning o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u
joydan
boshqa joyga, ya’ni kapitalni ko‘chirganday ko‘chirib bo‘lmaydi.
Yer taklifi. Yer taklifiga ta’sir etuvchi asosiy omillar - bu uning hosildorligi va
qulay joylashganligidir. Ma`lumki, sifatli yerlar har doim va har yerda cheklangan
bo‘ladi. Sifatli, shaharlarga yaqin bo‘lgan yerlar yanada ko‘proq cheklangan bo‘ladi.
Ma`lumki, yerning
hosildorligi yerning sifatiga, ob-havo sharoitiga,
suv bilan
ta`minlanishi mumkinligiga, unda mehnat
qiladiganlarning bilimiga, tajribasiga va
foydalaniladigan
texnikaga, ekiladigan urug‘ sifatiga va hokazolarga bog‘liqdir.
Yuqoridagi omillarning ko‘pchiligi o‘zgaruvchan bo‘lib, ularning ta’siri ham
o‘zgaruvchandir. Lekin, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan kapitalning va
mehnatning o‘zgarishi har doim ham bir xil sodir bo‘lmaydi. Ular odatda ma`lum
muddat o‘tgandan keyin o‘zgaradi.
Yer taklifining cheklanganligi shuni ko‘rsatadiki, uning taklif chizig‘i absolyut
elastik emas. Shuning uchun yerning taklif chizig‘i grafikda vertikal ko‘rinishga ega
bo‘ladi (17.5-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: