O‘zbеkiston rеspublikаsi
-rasm. Real pul vositalari
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 26.3-rasm. Daromadlar darajasining oshishi natijasida pulga talabning o‘zgarishi 26.4-rasm. Pul taklifining
- Qisqа хulosаlаr
26.1-rasm. Real pul vositalari zahirasi taklifi grafigi 26.2-rasm. Pul bozorida muvozanat modeli Banklar, Ms> Md bo‘lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta- sekin iqtisodiy agentlar o‘z avtivlari tarkibini o‘zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o‘zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro‘y beradi. Foiz stavkasi va pul massasi muvozanatli darajasining o‘zgarib turishi pul bozorining ekzogen o‘zgaruvchilari – daromadlar darajasi va pul taklifining o‘zgarishi natijasida ham ro‘y beradi. 26.3-rasm. Daromadlar darajasining oshishi natijasida pulga talabning o‘zgarishi 26.4-rasm. Pul taklifining kamayishi natijasida pul bozorida muvozanatning o‘zgarishi Grafik ko‘rinishda, bu, pul talabi va pul taklifi egri chiziqlarining siljishi sifatida namoyon bo‘ladi (26.3, 26.4-rasmlar). 334 Daromadlar darajasining Y1dan Y2ga qadar o‘sishi (26.3-rasm) pulga talabni M1d dan M2d gacha oshishiga va foiz stavkasini R1dan R2ga qadar ko‘tarilishiga olib keladi. Pul taklifining kamayishi ham foiz stavkasining ko‘tarilishiga va muvozanat nuqtasining o‘zgarishiga olib keladi. Pul bozorida muvozanatni o‘rnatish va saqlab turish mexanizmi qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida muvafaqqiyatli amal qiladi. Pul bozoridagi muvozanat tovarlar va xizmatlar bozoridagi muvozanat singari makroiqtisodiy muvozanatning muhim tarkibiy qismidir. Qisqа хulosаlаr Pul to‘lov, jamg‘arish va qiymat o‘lchovi funksiyalarini bajaruvchi, yuqori likvidli tovardir. Pul tushunchasi vaqatgina naqd pullar bilan cheklanib qolmasdan , uning tarkibiy elimentlari likvidlilik darajasi tushib borishiga qarab agregatlarga ajratilgan. Makroiqtisodiy tahlilda e’tibor ko‘proq M1 va M2 agregatlariga qaratiladdi. Pul emissiyasi faqat Markaziy bank vakolatiga kirsada, tijorat banklari ham kredit berib pul taklifini ko‘paytirish qobiliyatiga ega. Tijorat banklarining pul taklifini keltirib chiqarish imkoniyati majburiy zahira normasini belgilash orqali tartibga solib turiladi. Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablag‘lardan, balki aholi qo‘lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Pul taklifi miqdori majburiy zahira normasi, deponentlash koefitsenti va pul bazasi miqdoriga bog‘liq. Mahsulotlar bozoridagi kabi pul bozorida ham pulga bo‘lgan umumiy talab va taklif muvozanat nuqtada kesishadi. Mahsulotlar bozorida muvozanat nuqtani narxlar tengligi asoslasa, pul bozorida esa bunday tenglikni foiz stavkasi belgilaydi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling