330
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig‘i (likvidliligi) ga
talab formulasi quyidagicha bo‘ladi:
(M/P)d =L (R, Y);
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog‘liqlikni e’tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo‘ladi:
(M/P)d = kY - hR
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar
va foiz stavkasiga
ta’sirchanligini ifodalovchi koeffitsientlar;
R – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflatsiya sur’atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o‘zgarishi foiz stavkasi o‘zgarmas bo‘lgan
sharoitda
ham pulga talabning ko‘payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri
chizig‘ining siljishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
26.4. Pul taklifi. Bank multiplikatori
Pul taklifi (M) o‘z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar (С) va zarur
bo‘lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo‘lgan
depozitlarni oladi
55
:
M = С+D.
Aksariyat mamlakatlarda davlat pul chiqarishda monopol huquqqa ega. Uni
amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa Markaziy bank ixtiyorida.
“Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida
banknotlar va tangalar ko‘rinishidagi pul belgilarini
muomalaga chiqarish mutlaq
huquqiga ega”
56
. Ammo pul taklifini ko‘paytirish imkoniga yoki pul yaratish
qobiliyatiga tijorat banklari ham ega.
Ular kreditlar bera borib, to‘lov vositalari
emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan,
A bankning
depoziti 2000 so‘mga o‘sgan bo‘lsa, zahira normasi 20 % ga teng bo‘lganda (zahira
normasi
–
tijorat banklar depozitlarining ma’lum qismini Markaziy bankda saqlab
turish normasi), u 400 so‘mni Markaziy bankda zahiralab, qolgan 1600 so‘mni qarzga
beradi.
Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600 so‘mga ko‘paytiradi va u endi
2000+1600=3600 so‘mni tashkil etadi. Ya’ni, omonatchilarning depozitlardagi 2000
so‘mdan tashqari yana 1600 so‘m qarz oluvchilar qo‘lida qoladi. Agar, 1600 so‘m
yana banka tushsa, (masalan, B bankka) unda 20 % ga teng bo‘lgan zahira normasida
u 320 so‘mni zahirada qoldirib, 1280 so‘mni kreditga beradi hamda shu miqdorda pul
taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so‘nggi pul birligidan foydalanishga
qadar davom etadi. Yakuniy hisob kitob bank depozitlari jami 10000
55
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.:
Worth
Publishers, 2013): 87
56
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to‘g‘risida” gi
Qonuni, 1995-yil, 21- dekabr /www.lex.uz